Mavzu bo’yicha savollar:
1.
Zardushtning vatani qaer?
2.
Zardushtiylik qanday davrda yuzaga keldi?
3.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi nima?
4.
Hozirgi paytda zardushtiylik diniga e’tiqod qiluvchilar qaerlarda mavjud?
5.
Zardushtiylik ta’limoti asoslari nimalardan tashkil topgan?
6.
Zardushtiylik amaliyoti nimalardan iborat?
7.
Zartushtiylikda dafn marosimlari qanday?
5-MAVZU
BUDDAVIYLIK
DINI
REJA:
1.
Buddaviylik dinining vujudga kelishi.
2.
Buddaviylik ta’limotining mohiyati.
6
Мэри Бойс. Зороастрийцы. Верование и обычаи. М., 1988, С4.
34
3.
Markaziy Osiyoda buddaviylikning tarqalishi.
Tayanch so’z va iboralar
: din, diniy e’tiqod, budda, jaynizm, braxmanizm,
sansara, draxma, nirvana, karma, “Tripitaka”, hinayana, mahayana, kasta,
nurlangan, bodxisatva, sanga.
Ma’lumki, har bir Yangi dinning vujudga kelishi din nuqtai-nazaridan ilohiy
sabablar, dunyoviy, ilmiy nuqtai-nazardan esa ma’lum bir ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy va ma’naviy sabablar zamirida talqin etiladi. Talabalarga mana shu
sabablarni har birini aniq tushuntirib berish kerak. Ushbu mavzu bo’yicha
ma’lumotlarni N.F.Nizomiddinovning “Janubi-Sharqiy Osiyo diniy-falsafiy
ta’limotlari”
kitobining
(2006
yilda
chop
etilgan)
58-75
betlarida,
A.V.Norbekovning “Dinshunoslik asoslari” o’quv qo’llanmasining (2008 yilda
chop etilgan) 90-102 betlarida topish mumkin.
Buddaviylik dini (sanskrit tilida buddha – osoyishtalikka va buyuk haqiqitga
erishgan, “ilohiy ilm” nuridan munavvarlik ma’nolarini bildiradi) jahon dinlarining
ichida eng qadimiysi bo’lib, jahon sivilizatsiyasining qadimgi markazlaridan biri
bo’lgan Hindistonda miloddan avvalgi VI asrda yuzaga kelgan. Yangi dinning
vujudga kelishi turli sabablar bilan bog’liq bo’lgan. Miloddan avvalgi VI asrda
o’nlab knyazliklarga bo’linib ketgan Hindistonda
,
urug’-qabilachilik aloqalari va
tartiblarining yemirilishi natijasida, davlat hokimiyatini markazlashtirishga
harakatlar kuchaygan. Hindiston jamiyatini kastalar(portugal tilida
casta
– irq,
urug’, tabaqa)ga bo’linib ketishiga sababchi bo’lgan braxmanizm bunday
jarayonlarni rag’batlantirmagan. Kastachilikni muqaddaslashtirish bilan birga,
diniy ta’limot, oliy haqiqat faqat hukmron braxmanlar uchun deb ta’kidlovchi
braxmanizm jamiyatdagi Yangilanishga to’siq bo’lmoqda edi
.
Shu bois bir-biridan
sun’iy ravishda ajratib tashlangan kastalarni umumiy maqsad atrofida
birlashtirishga turtki beruvchi mafkuraga zarurat tug’ilgan.
Talabalarga kastalar haqida kengroq ma’lumot berilsa maqsadga muvoffiq
bo’ladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, kasta so’zi irq, qavm, tabaqa ma’nolarini
beradi va muayyan kasb bilan shug’ullanadigan, o’ziga xos turmush tarzi, urf-
odatlari, an’analari, tartib-qoidalari va h.k. bilan o’zgalardan ajratilgan va alohida
yashaydigan ijtimoiy guruhni bildiradi. Kastaga mansublik nasl-nasabga qarab
belgilangan. Hindistonda kastalar varna deb ataladi. Nikohda ham kuyov yoki
kelin faqat shu guruh ichidan tanlangan. Kasb, huquq va majburiyatlar meros
qoldirilgan. Kasta sistemasi pog’onadorlik – ierarxiya tartibida, kastalarning
muqarrar tengsizligi, “oliy” va “past” tabaqalarga bo’linish asosida qurilgan bo’lib,
shu nuqtai nazardan quyi kastaga mansub odamlar “xor” va “xazar qilinadiganlar”
deb hisoblangan. Umuman, kastalarning kelib chiqishi etnik guruhlarning o’zaro
aloqa jarayonlari taraqqiyoti bilan, ijtimoiy mehnat taqsimotining kelib chiqishi
bilan, sinfiy jamiyat tarkib topishi jarayonlari bilan bog’liq. Braxmanizm va
hinduizm dinlari kastachilikni muqaddaslashtirgan.
Hindiston jamiyati quyidagi kastalar bo’lingan edi:
35
1.
Braxmanlar – ruhoniylar, oliy kasta.
2.
Kshatriylar – xarbiylar.
3.
Vayshiylar – xunarmandlar.
4.
Shudralar – jismoniy mehnat bilan shug’ullanuvchi eng quyi kasta.
Hokimiyatni markazlashtirishga harakatlar kuchaygan davrda Hindiston
jamiyatining boshqa tabaqalarida ham diniy ta’limotlar tafsiloti, ilohiy haqiqatga
erishish, hayot va o’lim muammolari bilan bevosita tanishishga intilishning
kuchliligi
o’sha
davrda
ma’naviy
madaniyatning
yuksak
darajada
rivojlanganligidan dalolat beradi.
Demak,
Dostları ilə paylaş: |