33
tarjima 1771 yilda nashr etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta’kidlash joizki,
olimlarimizning fikricha, Avesto G’arbiy Evropa, Eron va Hindiston tillari orqali
bizga etib kelgani
uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga to’g’ri
kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan.
Hozirgi kunda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavjud. Ular
Hindistonning Mumbay (Bombey, G’ujarot shtatlarida; 115 ming kishiga Yaqin),
Pokiston, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH, Avstraliya va Eronning
(Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba’zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan.
Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e’tiqod qilish qonun tomonidan
ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy
markazi Koma nomidagi
institut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida
dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda zardushtiylarning
I umumjahon kongressi Tehronda o’tkazildi. Keyingi kongresslar Bombeyda
o’tkazildi.
Talabalarga zardushtiylik dinini ma’naviy me’rosimiz asoslaridan biri
ekanligi, shu bilan birga jahon madaniyati shakllanishiga ulkan hisasa
qo’shganligini alohida ta’kidlashimiz lozim. Ingliz
olimasi Meri Boys shunday
deydi: «Zardushtiylikning ulug’vor va original ta’limotlari butun Yaqin Sharq
hududiga ta’sir etib, uning asosida iudaizm rivojlangan, xristianlik va islom paydo
bo’lgan”, shuningdek, buddizmning maxayana oqimi ham zardushtiylikdan
oziqlangan. “Shuning uchun, – deydi u, – jahon dinlarining barcha jiddiy
tadqiqotchilari zardushtiylikni o’rganadilar”
6
.
Zartushtiylikni o’rganish hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti.
Talabalarga shuni ta’kidlash kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O’zbekiston uchun
alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy qadriyatlar va ko’p
qatlamli diniy
tajribada mazkur dinning tutgan o’rni beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: