Ruh oddiy odam va o’zga din namoyandalari biladigan ma’noda mavjud emas”. 10
Ayni shu o’rinda Qur’onu Karimdan
quyidagi oyatni keltirsak:
“(Ey, Muhammad), sizdan jon-ruh haqida so’raydilar. Ayting: “Ruh yolg’iz Parvardigorim biladigan ishlardandir”. Sizlarga juda oz ilm berilgandir” (1. “Al-isro” surasining 85-oyati).
11
Ibodatxonalarda ruhoniylar diniy marosimlarni bajarish bilan birga, diniy
ma’lumot olganlar, muqaddas yozuvlar matnini ko’chirganlar va boyitib
borganlar. Ularning sa’y-harakatlari bilan milodiy I asrning boshlarida
buddaviylikning_muqaddas kitobi
«Tripitaka» (sanskrit tilida – uch savat
degan ma’noni anglatadi) yozib tugallangan.
Tripitaka uch qismga (pitaka) bo’linadi va quyidagilardan iborat: -
“Vinaya pitaka ” beshta kitobdan tuzilgan bo’lib, unda sangalarni tashkil
etish prinsiplari, jamoaga Yangi a’zolarni qabul qilish tartibi, rohiblarning
turmushi va dindorlar bilan munosabatlari tartibga solingan;
-
“Sutta pitaka ” (sutralar savati) hajmi bo’yicha eng katta qism bo’lib, diniy
ta’limot masalalariga bag’ishlangan. Budda va uning shogirtlariga tegishli
hikoyalar, pamd-nasihatlar, afsonalar to’plamidan iborat poemalar va ularga
berilgan sharhlardan tuzilgan;
-
“Abxidxamma pitaka” (dxarma savati) ettita kitobdan iborat bo’lib, unda diniy-
falsafiy va axloqiy muammolar bayon qilingan. U Budda vahiylari sifatida
9
Низомиддинов Н.Ғ. Жанубий Шарқий Осиё диний-фалсафий таълимотлари ва Ислом. Т., 2006, 66-бет
10
Кочетков А.Н. Буддизм. М., 1976 - С. 93.
11
Қуръони карим. Т., 1992, 198-бет.
TRIPITAKA VINAYA PITAKA