Mavzu bo’yicha savollar:
1.
Yahudiylik ta’limoti qanday paydo bo’lgan?
2.
Yahudiylikning muqaddas kitobi haqida nimalarni bilasiz?
3.
Qaysi Vedalarni bilasiz?
4.
Vedalarda ilohiyatlar qanday tasvirlanadi?
5.
Braxmanlik jamiyatni qanday tabaqalarga bo’ladi?
6.
Hinduizm qanday dinlar qatoriga kiradi?
7.
Hinduizm ta’limoti nimalardan iborat?
8.
Hinduizmda qanday oqimlar bor?
9.
Hinduizmning qanday ilohiyatlarini bilasiz?
10.
Konfutsiychilikning asoschisi kim?
11.
Konfutsiychilikning ta’limoti nimalardan iborat?
12.
Daosizm asoschisi kim?
13.
Daosizmda axloq masalalari qanday o’rinni egallaydi?
14.
Daosizmda qanday sektalar mavjud?
4-MAVZU
ZARDUSHTIYLIK DINI
REJA:
1.
Zardushtiylik dinining vujudga kelishi.
2.
Zardushtiylik dinining ta’limoti.
3.
Aveto va uning tarkibiy qismlari.
Tayanch so’z va iboralar
: Axura Mazda , Axriman, devlar , Amesha Spenta,
Avesto, Yashtlar, Zardusht, daxma, Videvdot, Visparat, Kichik Avesto.
1. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimgi va eng birinchi vahdoniyat –
yakka xudolik dinidir. Bu dinning Vatani Xorazm ekanligini ko’p olimlar ta’kidlab
27
o’tkanlar. Shunday ekan, ma’naviy merosimizning ulkan ildizini tashkil qiluvchi
bu ta’limot haqida talabalarga to’liq ma’lumot berishimiz kerak.
Zardushtiylik mil. av. II-I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan
dindir. Zardushtiylik
vahiy
orqali e’lon qilingan jahon dinlarining eng
qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita
eng ko’p ta’sir o’tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ustidan ilohiy
hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning
qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu
din doirasida fikr yuritilgan. Keyingi asrlarda bu g’oyalar Yahudiylik, xristianlik
va boshqa dinlar tarafidan o’zlashtirildi. Aytib o’tish joizki, ushbu din paydo
bo’lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to’liq echilgan masala emas.
Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda
shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish
Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so’zni «Mazdaga sig’inmoq» deb
tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin
etiladi.
Zardushtiylik yana «Behdin», ya’ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug’langan.
Uning ta’limotiga ko’ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan.
«Mazda» so’zi oldiga ulug’lash ma’nosini anglatuvchi «Axura» qo’shilib,
zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo’lgan. Bu – «Janob
Mazda» yoki «Iloh» demakdir.
Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zardust, Zoroastr ko’rinishlarida
ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o’rtasida Zardushtning tarixda bo’lgan yoki
bo’lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar,
boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u
taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir.
Ingliz tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida
yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan ko’pxudolikka
negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, Yangi dinga asos
soldi.
3
Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil
qarash bor.
Birinchisi – «G’arb nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra Midiya (hozirgi Eron
hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi.
Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron
hududlarida keng tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas
kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy eron-pahlaviy
tilida bo’lganligidir. E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk
Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil.
av. VI asrdan to mil. VII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O’rta Sharqda davlat
dini maqomida bo’lgan.
3
Мэри Бойс. Зороастрийцы. Верование и обычаи. М., 1988, С 4.
28
Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra, Zardusht vatani va
zardushtiylikning
ilk
tarqalgan
joyi
Xorazm
hisoblanadi.
Ko’pchilik
manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning
muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-
Mazdaning Zardusht bilan bog’langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy
manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «
Dostları ilə paylaş: |