Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyash muhandislari instituti



Yüklə 70,11 Kb.
səhifə4/7
tarix06.02.2023
ölçüsü70,11 Kb.
#83135
1   2   3   4   5   6   7
komilaaa

Тadqiqot usullari
Suv havzalarida kechadigan hodisalar qonuniyatlarini to’la o’rganish, tegishli xulosalar chiqarish va ulardan amalda samarali foydalanish maqsadida gidrologiyada turli tadqiqot usullaridan foydalaniladi. Ular ichida eng aso-siylari statsionar, ekspeditsiya va tajriba­laboratoriya usullaridir.
Statsionar usulda suv ob’ektlari (daryolar, ko’llar, muzliklar)ning gidrologik rejimi elementlari ko’p yillar davomida kunning ma’lum belgilangan soatlarida muntazam ravishda kuzatib boriladi.
Statsionar usuldagi kuzatish ishlari fan va amaliyot ehtiyojlarini hisobga olib, mutaxassislar tomonidan max­sus tuzilgan yagona dastur va qo’llanmalarga qat’iy amal qilgan holda bajariladi. Mamlakatimiz daryolari, ko’llari, suv omborlari, va muzliklarida bu ishlar, asosan, O’zbe­kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gid­rometeorologiya Bosh Boshqarmasi tizimiga qarashli 180 ga yaqin gidrologik stansiyalar va kuzatish joylari (post­lar)da amalga oshiriladi. Ayrim hollarda bu usuldagi tad­qiqotlar tegishli muassasalar, masalan, Qishloq va suv xo’­jaligi vazirligiga qarashli kuzatuv joylarida ham o’tka­ziladi.
Ekspeditsiya usulida ma’lum hududdagi nisbatan kam o’rganilgan yoki umuman o’rganilmagan suv ob’ektlari, to’g’­ridan­to’g’ri dala sharoitida, umumiy tarzda yoki aniq bir yo’nalishdagi maqsadni ko’zlab tadqiq etiladi. Bu usulda bajarilishi zarur bo’lgan gidrologik o’lchov va kuzatuv ish­lari majmui, ekspeditsiya oldiga qo’yiladigan vazifalarga bog’liq holda, oldindan tuzilgan dasturda batafsil ko’rsa­tilgan bo’ladi. Ekspeditsiya sharoitida, asosan, makonda keng miqyosda o’zgaruvchi, lekin ma’lum vaqt ichida kam o’zgara­digan gidrologik hodisa va jarayonlar tadqiq qilinadi. O’rganilayotgan hudud gidrografik tarmoqlarida nisbatan qisqa muddatda (bir necha oylardan to bir­ikki va ba’zan undan ham ko’p yillarda) o’lchov va kuzatuv ishlari baja­rilib, kerakli ma’lumotlar to’planadi.
Тajriba­laboratoriya usuli suvning tabiiy va ximiyaviy xossalarini aniqlash, gidrodinamik hodisalarni va boshqa jarayonlarni modellash sharoitida o’rganish im­konini beradi. Тajribalar loyiha­ilmiy tadqiqot insti­tutlarida, maxsus uskuna va qurilmalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Bu usul ayniqsa gid­rotexnik inshootlar (GES, suv omborlari, kanallar)ni loyihalash vaqtida kerak bo’ladigan ko’pgina asosiy ko’r­satkichlarni va kechishi mumkin bo’ladigan hodisalarni modellash orqali aniqlashda juda qo’l keladi.
Yuqoridagilardan tashqari nazariy tahlil usuli ham mavjud bo’lib, bu usul kuzatish ma’lumotlaridan va boshqa turdagi axborotlardan ilmiy xulosalar chiqarishga asos­langandir.

Yüklə 70,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin