Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyash muhandislari instituti



Yüklə 70,11 Kb.
səhifə6/7
tarix06.02.2023
ölçüsü70,11 Kb.
#83135
1   2   3   4   5   6   7
komilaaa

Ahmad al­Farg’oniy (797­861 yillar) boshqa fanlar bilan bir qatorda suv ilmining ham katta bilimdoni bo’lgan. Bu haqda H.H.Hasanov shunday yozadi: "...Farg’oniy Bog’dod xalifasi al­Mutavakkilning buyrug’i bilan Nil daryosida suv sathini o’lchaydigan asbobni tuzatish va o’rnatish uchun 861 yilda Fustot (Qohira) shahriga borgan". Shu davrgacha u Nil daryosining gidrologik rejimi va umuman suv ilmi haqida ma’lum bilimlarga ega bo’lgan bo’lishi kerak. Aks holda oldingilardan tubdan farq qila­digan murakkab va shu bilan birga o’ta mukammal suv o’lchash inshooti­"Nilometr" ni loyihalash hamda qurish ishlari unga topshirilmagan bo’lur edi. Sharq manbalarida u “Miqyos an­Nil” deb tilga olinadi.
Abu Rayhon Beruniyning dengizlar nazariyasi. X­XI asrlarda yashagan olimlar suv ilmi­gidrologiyaga katta ahamiyat berganlar. Ular orasida Abu Rayhon Beruniy (973­1048 yillar)ning ushbu fanning shakllanish va rivoj­lanish jarayoniga qo’shgan hissasi beqiyosdir. Uning "O’tgan avlodlar yodgorligi", "Hindiston", "At­tafqim", "Qonuni Mas’udiy", "Geodeziya", "Minerologiya" kabi asarlarida okeanlar, dengizlar, daryolar, ko’llar, buloqlar haqida gid­rologiya fani uchun qimmatli fikrlar bayon qilingan.
Ma’lumki, gidrologiya o’rganiladigan suv ob’ekt­larining turi va o’rniga ko’ra ikki qismga­okeanologiya va quruqlik gidrologiyasiga bo’linadi. Beruniy asar­laridagi gidrologik ma’lumotlarni ham shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh ma’lumotlarda okeanlar, dengizlar, ko’rfazlar haqidagi fikrlar bayon qilinsa, ikkinchi guruhda esa allomaning quruqlik suvlari­ daryolar, soylar, buloqlar, ko’llar, qorliklar, muz­liklar, botqoqliklar va hatto yer osti suvlari haqidagi ilmiy qarashlari yoritilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Каримов И.А. Узбекистан XXI аср бусагасида: хавфсизликка тахдид, баркарорлик шартлари ва тараккиёт кафолат-лари. -Т.: “Узбскистон”, 1997. -267 б.

2. Каримов И.А. Аждодларимиз бебахо меросн абадиятга дахлдор маънавий хазинадир. // “Халк сузи” газетаси, 2014 н, 16 май.


Yüklə 70,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin