Fanning qisqacha bayoni: «Muhandislik grafikasi» fanini o’rganishdan maqsad, talabalarda fazoviy
tasavvurni, konstruktiv tafakkurini, mavjud dunyo ob'ektlari bo’lgan fazoviy shakllarni mantiqiy tahlil
qilishni va umumlashtirish bilan bog`liq bo’lgan fikrlash qobiliyatlarini oshirish va rivojlantirish
bo’yicha bakalavr ta'lim yunalishiga mos ta'lim standartida talab qilingan bilim va ko`nikmalarni
shakllantiradi.
Fanning maqsadi: «Muhandislik grafikasi» fanining vazifasi fazoviy va tekislikdagi geometrik tasvirini ko`rish
nazariyasining asosini o`rganish, jismlarning o’zaro joylashuviga asoslangan holati va metrik
masalalarni mustaqil yechishda yetarli darajada bilimga, hamda texnologik sxemalar va mashina
detallarining ishchi chizmalarini, kompyuter texnologiyalari asosida chizish, o`lcham quyish, uni
o`qish, umumiy ko`rinishini tasvirlashga ega bo`lishni shakllantiradi.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: - fazoviy shakilarni tekislikda tasvirlash;
- ortogonal proyeksiyalarni qayta tuzish;
- geometrik modellashtirish asoslari;
- grafik (AutoCAD, Kompas-3D) dasturlar
haqida tasavvurga ega bolishi ;
- umumlashgan pozision malasalarni;
- chizma bo’yicha o’qish va detallashtirish;
- nuqta, to’g’ri chiziq va boshqa geometrik shakillarni qurishni bilishni va ulardan foydalana
olishi;
- detallarga o’lcham qoyish;
- geometrik sirtlarning umumiy va hususiy tekisliklar bilan kesishish natijasida hosil bo’lgan
shakillarni haqiqiy kattaliklarda aniqlash ko’nikmalariga ega bo’lishi va ulardan foydalana olish;
Ma’ruza mashg’ulotlari Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv
auditoriyalarida olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik
guruhga alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi, “Keys-stadi”
texnlogiyasi ishlatiladi. Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida
uzatiladi.
Mustaqil ta’lim Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan taqdimotlar, guruh bilan
TASHKENT INSTITUTE OF CHEMICAL TECHNOLOGY
65
ishlanmalar, referatlar tayyorlanadi.