12-rasm. NEL - tipidagi plastinali issiqlik almashinish qurilmasi uchun ovalsimon shtamplangan list.
13-rasm. Shtamplangan plastinali issiqlik almashinish qurilmasi.
Isitkichlar Isitgichlar - sferik taglikli, gorizontal silindrik qurilmadan iboratdir. Qurilma ichiga bir yoki bir necha issiqlik almashinish trubalari bog‘lami joylashtirilgan. Truba bog‘lamlariga issiqlik tashuvchilar, masalan, qobiq ichidagi muhitni isitadigan bug‘ uzatiladi. Truba bog‘lamining ozod uchlariga bog‘liq holda isitgachlar: suzuvchi kallakka ega bо‘lgan bog‘lamli isitgichlarga va U-simon truba bog‘lamlaridan iborat bо‘lgan isitgichlarga bо‘linadi.
Isitkichlarni ta’mirlash - qobiq holatini va bog‘lam holatini umumlashtiradi, bunda ichki qurilmalarga xususan, bog‘lam ostidagi tо‘kish plastinalari otboyniki va metallokonstruksiyalarga e’tibor qaratiladi. Qurilma ichki tomonini kо‘rish uchun lyuk bilan ta’minlangan. Almashtirish qulay bо‘lishi uchun truba bog‘lamlarini kо‘ndalang balkalarga yotqizilgan platforma burchaklariga joylashtiriladi. Bog‘lamni о‘rnatishda montaj shtuseri orqali bog‘lamning uchlariga mahkamlangan tros sim kirgiziladi. Montajdan sо‘ng tros simi olib tashlanadi, shtuserni yopiladi.
Isitgichlarni boshqa issiqlik almashinish qurilmalari singari poydevori ikkita tayanchga о‘rnatiladi - qо‘zg‘almas va qо‘zg‘aluvchan; shu tufayli isitgich qobig‘i temperatura deformatsiyalarini erkin qabul qiladi.
Montaj va ta’mirlashdan sо‘ng isitgichda bosim bilan tekshirish sinovi о‘tkaziladi. Avval truba dastalarini (har birini alohida) qobiqdagi tushirish muftalarini ochib qо‘yib bosim bilan tekshiriladi, sо‘ngra qobiqni.
Kondensator vasovutkichlar
Kimyo va neftni qayta ishlash zavodlarida turli konstruksiyalardagi muzlatgichlar va kondensatorlar qо‘llaniladi. Qobiq-trubali kondensatorlar va muzlatgichlarni ta’mirlash va montaj qilish, shunga о‘xshash issiqlik almashinish qurilmalarini ta’mirlash va montaj qilishdan sira farq qilmaydi. Muzlatkichlar kondensatorlardan faqatgina trubalarni zmeyeviklarga birikishi sxemasi bilan va zmeyeviklarni truba quvurlariga ulash usullari bilan farq qiladi. Ularning ta’mirlanishi va montaji о‘xshashdir. Quyida yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalarining keng tarqalganlari kо‘rib chiqilgan.
Kо‘pgina kondensatorlar metollokonstruksiyalar yoki temir-beton pastomentlarda joylashtiriladi. Muzlatgichlarni kо‘pincha yer borobarida jylashtiriladi. Neftni qayta ishlash qurilmalarida, odatda ularni kondensatlar uchun pastomentlar ostiga о‘rnatiladi.