Yuvilibturuvchiissiqlikalmashinishqurilmalari. Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalarini kо‘llashni asosan, ularni trubalarining tashqi yuzalarini havo kislorodi ta’sirida intensiv karroziyalanishi uchungina chegaralab qо‘yilgandir. Ayniqsa, pо‘lat trubalar tez ishdan chiqadi.
Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalarini ta’mirlash va montaj qilish nisbatan sodda. Montaj maydonida yig‘ilgan zmeyeviklarni kran yordamida fundament yoki postamentga о‘rnatiladi. Zmeyeviklarning umumiy balandligi juda katta bо‘lganda, ularning barqarorligi, poydevorga panjalari
bilan mahkamlangan metall karkaslari (ustunlari) orqali amalga oshiriladi. Zmeyeviklar ustiga truba yuzasi bо‘ylab, suvni taqsimlash uchun tarnovlar montaj qilinadi. Tarnovlarning gorizontalligi satx bо‘yicha va ularga sinash uchun suv quyish yо‘li bilan tekshiriladi.
Agar bu qurilmalarni basseyn va gradirnya yig‘ma kompleksida montaj qilinsa, ularning montaj qilish ketma-ketligi quyidagicha bо‘ladi: basseyn – sovutkich - gradirnY.
Trubalarni almashtirishdagi qiyinchilik shundaki, karoziyaga uchragan boltlar ajratib olinmaydi; ularni zubilo va tokqaychilar yorib olinadi.
Kuchli agressiv muhitni sovitish uchun ATM-1 markali antegmit (issiqlik о‘tkazuvchi material bо‘lib, grafit va fenolformaldegid smolasidan iborat) dan yasalgan trubali sovutkichlari qо‘llaniladi. Antegmitdan tayyorlangan detallarni arzamit surtma moyi bilan birlashtirilib, keyin kiritiladi. Sovutkich ostiga suvni yig‘ish uchun poddon о‘rnatiladi. Muzlatgichning yon tomonlarini, truba ostidan suvni shamol olib ketishini oldini olish maqsadidi, yassi shitlar bilan yopiladi.
Havobilansovitiladigankondensator-sovutkichlar. Bu turdagi sovutkichlar keng tarqalmokda. Ularni montaj kilish va ta’mirlash nisbatan sodda va ortiqcha sarf talab qilmaydi.
Qurilmalar tayyorlovchi zavod tomonidan kontrol yig‘ishdan sо‘ng, qismlarga ajratilgan holda yuboriladi. Shuning uchun montaj vaqtida, qoidasi bо‘yicha moslash shart emas. Tayyor poydevorga avval kran yordamida elektrodvigateli burchak reduktori о‘rnatiladi. Bunda elektrodvigatel reduktori va rotorli vallarning markazlashuvi aniq bо‘lishiga alohida e’tibor beriladi. Reduktorning chiqish о‘qi qat’iy vertikalligini poydevor va mahkamlashning barcha boltlarini oxirigacha tortib bog‘lamdan sо‘ng tekshiriladi. Valga ventilyator g‘ildiragi о‘rnatilib, mahkamlanadi. Sо‘ngra metallokonstruksiyalar montaj qilinadi, poydevorga boltlari bilan mahkamlanadigan ustun panjaralari montaj qilinadi. Metallokonstruksiyalarning yuqorigi tayanch tо‘sinlarini gorizantalligi tekshiriladi, ularga qurilmalarning seksiyalari taxlangan bо‘ladi.
Seksiyaning qiya joylashgan holatida, bundan tashqari yuqorigi va quyi tо‘sinlarning eng yuqori belgilari о‘rnatiladi.
Bir necha qismlardan iborat bо‘lgan ventilyator qobig‘ini, kо‘tarilgunga qadar yerda yig‘iladi, sо‘ngra metallokonstruksiyalarga panjalari bilan о‘rnatiladi va unga boltlar bilan qattiq mahkamlanadi.
Yig‘ishning oxirgi etaplari - qurilmaning truba seksiyalarini о‘rnatish, ularni trubalar bilan bog‘lash, yuqorigi nuqsonlarni о‘rnatish, havoni namlagichlar va boshqa detallar о‘rnatiladi.
Montaj tugagandan sо‘ng, trubali seksiyalarni, ularni bog‘lovchi truba quvurlari bosim ostidagi suv bilan tekshiriladi, ventilyator esa, turli aylanish tezliklarida va karraklarning burchaklari turlicha bо‘lganda sinaladi.
Havo bilan sovitiladigan kondensatorlar quyidagi hollarda ta’mirlanadi: truba seksiyalari ishdan chiqqanda, (bu muhitning seksiyadan chiqib ketishi bilan aniqlanadi); yuritmaning ventilyator g‘ildiragi reduktorning nosozligi; tо‘qilgan muhofazalovchi setkaning yirtilishi.
Qovurg‘alangan trubalarning nuqsonli seksiyalari sozlanganlariga almashtiriladi yoki vaqtincha planli ta’mirlashga tо‘xtatilgunga qadar, kollektorlardan yopib (uzib) qо‘yiladi. Zaxira seksiyalari bо‘lmagan hollarda olib kuyilgan seksiyadagi yemirilgan trubalar har ikki tomondan konussimon metall tiqinlar bilan yopib qо‘yiladi, sо‘ngra seksiyani yarim marotaba ishchi bosimda bosim bilan tekshiriladi.
Ishdan chiqqan muhofazalovchi setkani havo oqimi parraklarda va seksiya qovurg‘alangan trubalar yuzalarida tasodifan bо‘lishi mumkin bо‘lgan qattiq zarrachalar bilan zararlanmasligi uchun ta’mirlanadi. Shuningdek, xizmat personalining xavfsizligini ta’minlaydi.
Ichki yuzalar tez-tez tozalanadi, zarurat tug‘ilganda ular suv bilan yuviladi yoki kimyoviy tozalashga yuboriladi. Mexanik tozalash ham bundan mustasno emas. Tashqi yuzalarni chiqindilardan kuchli siqilgan havo oqimi bilan yoki mayda qumdan iborat suv oqimi yordamida tozalanadi.
Xulosa. Kimyo sanoatida yetishtirilayotgan mahsulotlarini qayta ishlash yo’li bilan olinadigan tayyor va yarim tayyor mahsulotlarni eksport qilish, hamda xalqimiz iste`moli uchun zarur bo`lgan yuqori sifatli, arzon mahsulotlarni yetkazib berish, yetishtirilayotgan mahsulotlarni uzoq muddatda saqlash uchun yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va qo`llash dolzarb muammoli vazifalardan bo’lib kelmoqda. Bu muommoni bartaraf qilish maqsadida yangi texnologiyalardan foydalanish va ularni boshqrish ko’nikmalari zarur.Misol uchun issiqlik almashinish qurilmalarini ko’rsatish mumkin.
Issiqlik almashinish qurilmalari ishlash printsipiga ko`ra rekuperativ, regenerativ, aralashtiruvchi turlarga bo`linadi. Rekuperativ (yoki sirtiy) issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik tashuvchilar devor bilan ajratilgan bo`lib, issiqlik shu devor orqali o`tkaziladi.
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida qattiq jismdan tashkil topgan bitta yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontaktda bo`ladi, natijada bu jism bir issiqlik tashuvchidan olgan issiqligini ikkinchisiga beradi. Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikki issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan o`zaro kontaktda bo`ladi. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari o`z navbatida qobiq - trubali, "truba ichida truba" tipidagi, zmeevikli, plastinali, g’ilofli, spiralsimon, qovurgali va boshqa turlarga bo`linadi. Kimyo sanoatida asosan sanab o`tilgan birinchi besh turdagi sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari keng qo`llaniladi. Xulosa qilib aytganda hozirgi zamonda texologik qurilmalar va jarayonlarsiz inson hayotini tassavur qilish qiyin.