Issiqlik o’tkazish Issiqlik almashinish jarayonlarida ko‘pincha issiqlik energiyasi bir suyuqlikdan ikkinchisiga ularni ajratib turuvchi devor orqali uzatiladi. Temperaturasi yuqori bo‘lgan suyuqlikka devor orqali issiqlikning uzatilishi issiqlik o‘tkazish deyiladi. Ushbu yo‘l bilan uzatilgan issiqlik miqdori issiqlik o‘tkazishning asosiy tenglamasidan aniqlanadi:
bu yerda K - issikdik o‘tkazish koeffitsiyenti, Vt/(m2 ∙ K);
∆to’rt — issiqlik va sovuqlik eltkichlar temperaturalarining farqi, K ;
F — ajratib turuvchi devor yuzasi, m2.
Tekis devor orqali issiqlik o’tkazish jarayonida temperaturaning o’zgarish xarakteri. Tekis devorning issiqlik o‘tkazishi. Yuqoridagi rasmda qalinligi б va materialining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti λ bo‘lgan tekis devor tasvirlangan. Devorning bir tomonidan temperaturasi tf1 (oqim o‘zagida) bo‘lgan issiqlik eltkich, ikkinchi tomonidan esa temperaturasi tf2 bo‘lgan sovuqlik eltkich oqib o‘tmoqda. Devor yuzalarining temperaturasi tw1 va tW2. Issiqlik berish koeffitsiyentlari α1 va α2 .
Turg‘un jarayonda F yuza orqali birinchi issiqlik eltkich o‘zagidan devorga uzatilayotgan issiqlik miqdori, devordan o‘tgan va devordan ikkinchi issiqlik eltkich o‘zagiga uzatilayotgan issiqlik miqdoriga teng.
Ushbu issiqlik miqdorini quyidagi tenglamalardan topish mumkin:
Yuqorida keltirilgan tenglamalardan quyidagi ifodalarni olish mumkin:
Issiqlik almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuch Issiqlik almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuchi - issiqlik eltkichlarning temperaturalar farqi hisoblanadi. Ushbu farq taʼsiri ostida issiqlik temperaturasi yuqori muhitdan temperaturasi past muhitga o‘tadi. O‘zgarmas temperaturada issiqlik o‘tkazish jarayoni juda kam tarqalgan. Bunday jarayonlar, bir tomonida but kondensatsiyalansa, ikkinchisida esa, suyuqlik qaynashi ro‘y beradi. Lekin, sanoatda ko‘pchilik jarayonlar issiqlik eltkichlarning o‘zgaruvchi temperaturalarida sodir bo‘ladi. Odatda temperatura issiqlik eltkichlarni ajratib turuvchi devor yuzasi F bo‘ylab o‘zgaradi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan issiqlik eltkichning temperaturasi o‘zgarmasligi mumkin va u t = f ( F ) funksiya bilan ifodalanadi. Bunday hol turg’un issiqlik almashinish jarayonini xarakterlaydi. Noturg‘un issiqlik almashinish jarayonlarida 2 holat bo‘lishi mumkin:
devor yuzasining har bir nuqtasida temperatura faqat vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, yaʼni t = f ( τ) ;
issiqlik eltkichning temperaturasi vaqt o‘tishi va devor yuzasi bo‘ylab o‘zgaradi, yaʼni t > f (τ,F).
O‘zgaruvchan temperaturada issiqlik o‘tkazish suyuqliklarning harakat yo‘nalishiga bog‘liqdir.
Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda issiqlik almashinish jarayonida
suyuqliklar harakati parallel, qarama-qarshi, kesishib o‘tgan va murakkab (aralash) yo‘nalishli bo‘lishi mumkin.
Ajratib turuvchi devor bo‘ylab bir-biriga nisbatan suyuqliklar harakatining quyidagi variantlari bo‘lishi mumkin:
1) parallel harakatda (4.14a-rasm) ikkala issiqlik eltkichlar ham bir xil
yo‘nalishda harakat qiladi;
2) qarama-qarshi harakatda (4.14 b-rasm) issikdik eltkichlar bir-biriga qarshi yo‘nalishda harakat qiladi;
3) kesishib o‘tuvchi harakatda (4.146-rasm) issiqlik eltkichlar bir biriga nisbatan perpendikulyar yo‘nalishda harakat qiladi;
4) murakkab yoki aralash harakatda (4.14 g, d-rasm) birinchi issiqlik eltkich bir yo‘nalishda harakat qilsa, ikkinchisi ham to‘g‘ri, ham teskari yo‘nalishda harakat qiladi.