Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali
Issiqlik o’tkazuvchanlik Fure qonuni. Qattiq jismlarda issiqlik tarqalish jarayonini tajribaviy o‘rganish natijasida Fure (1768-1830) issiqlik o‘tkazuvchanlikning asosiy qonunini kashf etdi. Ushbu qonunga binoan, issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali uzatilgan issiqlik miqdori dQ temperatura gradiyenti ϭ t/ϭ n, vaqt d τ ga va issiqlik oqimi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan maydon yuzasi d F ga proporsional bo‘ladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti issiqlik almashinish yuza birligidan (1 m2) vaqt birligi davomida izotermik yuzaga normal bo‘lgan 1 m uzunlikka to‘g‘ri kelgan temperaturalarning 1 K (°C) ga pasayishi vaqtida uzatilgan issiqlik miqdorini ifodalaydi. Jismlarning issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti uning tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari, temperatura, bosim va boshqa kattaliklarga bog‘liq. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti turli materiallar uchun quyidagi
oraliqda bo‘ladi:
gazlar uchun 0,005...0,5 Vt/(m ∙ K);
suyuqliklar uchun 0,08...0,7 Vt/(m∙K);
issiqlik qoplama va qurilish materiallari uchun 0,22...3,0 Vt/(m∙K);
metallar uchun 2,3...458,0 Vt/(m ∙ K).
Kimyo va boshqa sanoatlarda qo‘llaniladigan ayrim metallar issiqlik
o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti quyidagi qiymatlarga ega: legirlangan po‘lat -14...23; qo‘rgoshin — 35; uglerodli po‘lat - 45; nikel — 58; cho‘yan — 63; alyuminiy - 204; mis - 384; kumush - 458 Vt/(m ∙ K). Sanoatda eng ko‘p qo‘llaniladigan metallar va suyuqliklar issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyentlari quyidagi rasmlarda keltirilgan.