Issiqlik almashinish qurilmalari turlari:
1. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari konstruktsiyasiga qarab ushbu turdagi qurilmalar qobiq - trubali, «truba ichida truba», zmeevikli, spiralsimon, yuvilib turuvchi, plastinali, qirrali, g’ilofli, blok-grafitli, shnekli va hokazo bo’lishi mumkin.
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalari xalq xo’jaligining turli sohalarida eng keng tarqalgan va ko’p ishlatiladigan turidir. Quyidagi rasmda trubalarning qo’zg’almas teshik panjarali, bir yo’lli, vertikal qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmasi tasvirlangan.
Ushbu qurilma silindr qobiq va uning ikki chekkasiga isituvchi trubalar mahkamlangan teshikli panjara lardan tarkib topgan. Trubalar o’rami issiqlik almashinish qurilmasining butun hajmini ikkiga bo’ladi: 1) truba bo’shlig’i; 2) trubalararo bo’shliq.
Teshikli panjaralar silindrik qobiqga payvandlash usulida mahkamlanadi. Qurilma qobig’iga boltli birikma yordamida 2 ta qopqoq mahkamlanadi. Issiqlik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun silindrik qobiq va qopqoqlarda patrubkalar o’rnatilgan. Issiqlik eltkichlardan biri, masalan suyuqlik, trubalar bo’shlig’iga yo’naltirilsa, u trubalar orqali o’tib qopqoqning patrubkasidan chiqib ketadi. Boshqa issiqlik eltkich oqimi esa, masalan bug’, trubalararo bo’shliqqa yo’naltiriladi, isituvchi trubalar tashqi yuzasiga o’z issiqligini beradi va suyuq agregat holati (kondensat) ga aylanib qobiqning pastki patrubkasidan chiqarib yuboriladi. Muhitlar orasidagi issiqlik almashinish jarayoni trubalar devori orqali amalga oshiriladi.
Isituvchi trubalar teshikli panjaraga payvandlash yoki razvalsovka qilib mahkamlanadi. Ko’pincha, isituvchi trubalar po’lat, legirlangan po’lat, mis, latun, titan yoki boshqa materiallardan tayyorlanishi mumkin.
Isituvchi trubalarni teshikli panjaralarda mahkamlashning eng keng tarqalgan usuli bu oddiy razvalsovkadir. Valsovka nomli asbobda radial yo’nalishda hosil qilinadigan kuch ta`sirida truba deformatsiyaga (diametri ortadi, ya`ni kengayadi) uchrab, teshikli panjaraga zichlanadi va mahkamlanadi. Truba o’ramining to’r pardaga mustahkam joylashtirishga erishish uchun teshikli panjarada eni 2...3,5 mm va chuqurligi 0,4...1,0 mm li ikkita halqasimon ariqcha qilinadi. Undan tashqari, trubalarni teshikli panjaralarga payvandlash, kavsharlash, salnik yordamida ham mahkamlash mumkin.
Salnik yordamida zichlash murakkab va qimmat. Bu usulda mahkamlash muhitlar temperatura farqi katta bo’lganda, trubalarning bo’ylama siljishiga imkon beradi, ammo bunda birikma zichlanishi buzilmaydi. Trubaning kirish qismini konussimon razvalsovka qilish, mahalliy qarshilik koeffitsientini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu esa, o’z navbatida kirish qismining yemirilish oldini oladi. Agar, trubalar tebranish, siklik qizishga, temperaturalar katta o’zgarishi yoki ularning uchlari issiqlik ta`sirida o’ta isib ketish hollari yuz beradigan bo’lsa, unda trubalarning uchi albatta teshikli panjaraga payvandlanish zarur.
Payvandlash choki cho’ktirilgan, valik va ariqchada valik holati, hamda ariqcha va tishli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Odatda, qalin devorli trubalarni payvandlash maqsadga muvofiqdir. Agar, trubalar kuchlanish ostida ishlatiladigan bo’lsa, portlatib payvandlash tavsiya etiladi. Ushbu usulda trubalarni mahkamlash uchun portlatish zaryad quvvati katta, teshikli panjaraning tashqi yuzasi razzenkovka qilishini va panjara tashqarisiga truba uchlari ko’p chiqib turishi kerak. Bu usulda truba teshikli panjaraga o’ta mustahkam holatda biriktiriladi. Agar, trubaning bir uchi panjaraga ushbu usulda portlatib payvandlansa, ikkinchi uchi esa portlatib razvalsovka qilinsa, eng yuqori mustahkamlikka erishsa bo’ladi. Hozirgi kunda trubalarni teshikli panjaraga mahkamlashning eng zamonaviy, ilg’or texnologiyasi - bu portlatib valsovka qilishdir. Bunda, portlatuvchi zaryad truba ichida, ya`ni uchida joylashtiriladi. So’ng esa, zaryad kapsyul yordamida portlatiladi. Natijada, portlash energiyasi trubani radial yo’nalishda deformatsiya qiladi va teshikli panjara bilan truba mustahkam birikma hosil qilib ulanadi. Bu usuldagi birikma razvalsovka usulinikiga qaraganda ancha mustahkamroq biladi. Portlatib payvandlash usulini trubalarni ta`mirlash uchun ham qo’llash mumkin. Trubalarni teshikli panjaraga elektrogidravlik mahkamlash va biriktirish usuli ham mavjud. Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida truba teshikli panjaraga quyidagi usullarda joylashtirilishi mumkin:
to`g’ri oltiburchak cho’qqi va qirralari yoki teng yonli uchburchak bo’ylab;
konsentrik aylanalar bo’ylab;
kvadrat cho’qqi va tomonlari bo’ylab;
shaxmatli ko’rinishda (bir va har xil ko’ndalang qadamli).
Ushbu usullarda trubalarni issiqlik almashinish qurilmasida joylashtirish, qurilmaning ixcham bo’lish sharti bilan belgilanadi. Undan tashqari, har bir qurilmaga iloji boricha ko’proq truba joylashtirishga harakat qilinadi. Kimyo mashinasozligida to`g’ri oltiburchak tomonlari va cho’qqalarida trubalarni joylashtirish keng tarqalgan. Bu usul uchun, trubalar sonini aniqlashga quyidagi formula tavsiya etiladi:
n = 3a ⋅(a −1) +1
bu yerda: a - eng katta oltiburchak tomonidagi trubalar soni;
v = 2a-1 - eng katta oltiburchak diagonalidagi trubalar soni.
Agar, suyuqliklar sarfi ko’p bo’lsa, ularning tezligi ham yuqori va issiqlik almashinish jarayoni intensiv bo’ladi. Undan tashqari, suyuqliklarning
qarama – qarshi yo’nalishida ularning tezliklari bir xilda taqsimlanib, qurilmaning butun ko’ndalang kesimida issiqlik almashinishi o’zgarmas bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |