Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali



Yüklə 271,26 Kb.
səhifə6/15
tarix24.12.2023
ölçüsü271,26 Kb.
#191600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali

Issiqlik balansi
Temperaturasi yuqori issiqlik eltkichdan berilayotgan issiqlik miqdori Q1 temperaturasi past eltkichni isitish uchun Q2 va maʼlum bir qismi qurilmadan atrof muhitga yo‘qotilayotgan issiqlik o‘rnini to‘ldirish uchun Qyo’q sarf bo‘ladi. Odatda, issiqlik qoplamali qurilmalar uchun Qyo’q miqdori foydali issiqlik miqdorining 3 . . . 5 % ni tashkil etadi. Shuning uchun, bu turdagi qurilmalarni hisoblashda Qyo’q ni eʼtiborga olmasa ham bo‘ladi. Unda, issiqlik balansi quyidagi tenglik bilan ifodalanishi mumkin:

bu yerda Q - qurilmaning issiqlik yuklamasi.
Agar, issiqlik eltkichning massaviy sarfi G1, uning qurilmaga kirish entalpiyasi I1b va chiqishdagisi esa sovuqlik eltkichning sarfi G2 qurilmaga kirishdagi entalpiyasi I2b va chiqishdagisi Ich bo‘lganda yuqoridagi tenglikni ushbu ko‘rinishda yozish mumkin:

Odatda, texnik hisoblarda maʼlum temperatura uchun entalpiya qiymati
jadval va diagrammalardan topiladi. Agar, ikkala eltkichning solishtirma issiqlik sig‘imlari ( c1 va c2) temperaturaga bog‘liq emas deb hisoblansa, unda issiqlik balansining tenglamasi quyidagi ko‘rinishni oladi:


Temperatura maydoni va gradiyenti
Muhitlarda issikqlik oqimi va temperaturaning taqsimlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash issiqlik almashinish nazariyasining asosiy vazifalaridan biridir. Tekshirilayotgan muhitning hamma nuqtalari uchun istalgan biror
vaqtdagi temperatura qiymatlari majmuiga temperatura maydoni deyiladi.
Eng umumiy holatda maʼlum bir nuqtadagi temperatura t shu nuqtaning
koordinatalari (x, y, z ) ga bog‘liq bo‘ladi va vaqt τ o‘tishi bilan o‘zgaradi. Demak, temperatura maydonini ushbu funksiya bilan ifodalash mumkin:

Ushbu bog‘liqlik turg‘un temperatura maydonini ifodalovchi tenglamadir.
Xususiy holatda yuqoridagi tenglama faqat fazoviy koordinatalar funksiyasi
bo‘ladi, yaʼni:

va unga tegishli turg‘un temperatura maydonini ifodalaydi. Agar, jismda biror tekislik o‘tkazilsa va ushbu tekislikdagi bir xil temperaturali nuqtalarni birlashtirsak, o‘zgarmas temperaturali chiziq (izoterma) ga ega bo‘lamiz.
Temperaturasi bir xil nuqtalardan tashkil topgan jismning yuzasi izotermik yuza deb nomlanadi. Ikkita bir-biriga yaqin joylashgan izotermik yuzalarning temperaturalar farqi ∆t bo‘lsa, ular orasidagi eng qisqa masofa ∆ n bo‘ladi.
Izotermik yuzaga normal bo‘yicha yo‘nalgan temperatura hosilasi temperatura gradiyenti deb nomlanadi. Temperatura gradiyenti vektor kattalikdir. Temperatura gradiyenti nolga teng bo‘lmagan (gradt ≠0 ) sharoitdagina issiqlik oqimi hosil bo‘lishi mumkin. Maʼlumki, issiqlik oqimi har doim temperatura gradiyenti chizig‘i bo‘ylab harakat qiladi. Lekin, uning harakat yo‘nalishi temperatura gradiyentiga qarama-qarshi bo‘ladi.

Yüklə 271,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin