Linza kompensatorli issiqlik almashinish qurilmasi. Ushbu turdagi qurilmalar suyuqliklar temperatura farqi katta bo’lganda ishlatiladi. Linzali kompensatorlar temperatura deformatsiyasini bartaraf qiladi. Bu turdagi qurilmalar truba va trubalararo bo’shliqlari bosimlar R ≤ 6⋅106 N/m2 bo’lganda ishlatiladi.
Linzali kompensator issiqlik almashinish qurilmalari qobig’iga payvandlab qo’yiladi va u elastik deformatsiya ostida siqiladi yoki uzayadi.
Bunday qurilmalar tuzilishi sodda va ixcham. Undan tashqari, vertikal qilib yasalgan linza kompensatorli qurilmalar ko’p joy egallamaydigan harakatchan qalpoqchali issiqlik almashinish qurilmasi hisoblanadi. Truba va qobiqning katta siljishini ta`minlash zarur bo’lgan hollarda harakatchan qalpoqchali issiqlik almashinish qurilmalaridan foydalaniladi. Qurilmaning pastki teshikli truba panjarasi harakatchan bo’lganligi uchun butun trubalar o’rami qo’zg’almas qobig’ga nisbatan mustaqil, erkin harakat qila oladi. Bu esa havfli bo’lgan trubalar temperatura deformatsiyasi, ularning teshikli panjara bilan zichlanishining buzilishi oldini olish imkoniyatini beradi. Lekin shuni qayd qilish kerakki, temperatura ta`sirida uzayishi kompensatsiya qilish, qurilmani murakkablashishi va og’irlashishi hisobiga erishiladi.
Qo’shaloq trubali issiqlik almashinish qurilmasi. Qurilmaning bir tomonida ikkita teshikli truba panjarasi o’rnatilgan bo’ladi. Bunday qurilmalarda temperatura ta`sirida trubalar bir – biridan bevosita istalgan miqdorda uzayishi mumkin. Qo’shaloq trubali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: sodda, trubalararo bo’shliqda yuqori bosimlarda qo’llash mumkin va qarama - qarshi yo’nalishli qobiq - trubali qurilmaga o’xshab ishlaydi.
Kamchiliklari: oddiy qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmasiga nisbatan o’lchami katta va narxi qimmat.
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalari suyuqlik va kondensatsiyala-nayotgan bug’ orasida issiqlik almashinish uchun qo’llaniladi. Odatda suyuq faza trubalar ichiga, bug’ esa - trubalararo bo’shliqqa yo’naltirilgan bo’ladi. Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: ixcham, metall sarfi kam, U-simon trubali qurilmadan tashqari hamma qurilmalardagi trubalar ichini tozalash nisbatan oson. Kamchiliklari: issiqlik eltkichlar tezligini oshirish murakkab (ko’p yillik qurilmalardan tashqari); trubalararo bo’shliqni tozalash qiyin; trubalararo bo’shliqni kuzatish va ta`mirlash uchun imkoniyatlar chegaranlangan; razvalsovka va payvandlashga moyil bo’lmagan materiallardan, bu turdagi qurilmalarni yasash murakkab.
Dostları ilə paylaş: |