Spirt ishlab chiqarish tarixi. SHarob ishlab chiqarish ancha oldin paydo bo‘lishiga karamasdan, etil spirti ishlab chiqarish ancha keyin paydo bo‘lgan.
Qadimiy manbalarga ko‘ra sharobni xaydash korxonasi 1174 yilda qo‘rilgan (Vityassda). Italiyada birinchi spirt mahsulot sifatida XIII asrda chiqarilgan. Ikki yuz yillik ichida boshqa davlatlarga xam tarqalgan. 1813 yillarda spirtlarni rektifikatsiyalashni takomillashgan usullari yaratila boshlangan.
Mikroorganizmlar faoliyati Mikroorganizmlar faoliyatini 5 - ta rivojlanish davrlarga ajratish mumkin:
1 – LAG davri
2 – Eksponensial davri
3 – Rivojlanishni sustlashgan davri
4 – Statsionar (turg‘unlik) davri
5 – Achitqilarni o‘lish davri
Xar bir davr achitqi xujayralarini holati, fiziologik va morfologik tuzilishi, bijg‘ish jarayonining fizikaviy va kimyoviy o‘ziga xos o‘zgarishlari va muxitning malum bir tarkibga egaligi bilan tavsiflanadi.
Lag davr - mikroorganizmlarni muxitga endi kirib kelishi, unga o‘rganish va ko‘nikish davri xisoblanadi. Bu davrda mikroorganizmlar dona – dona xolatda bo‘lib, xujayralarni ko‘payishi kuzatilmaydi. Mikroorganizmlar soni bu davrda o‘zgarmaydi. Mikroorganizmlar faoliyati, ularni o‘stirish sharoitiga, muxit tarkibiga, pH va xaroratga, ozuqa moddalarning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Achitqi va mikroorganizmlarni yangi sharoitga ko‘nikish davri bir necha daqiqadan bir necha kungacha davom etishi mumkin.
Eksponensial davr – achitqi xujayralarini intensiv ko‘payish davridir. Bu davrda xujayralar aynan shu mikroorganizmga xos bo‘lgan ko‘payish tezligini maksimal darajada namoyon etadi. Xujayraning rivojlanish tezligi «generatsiya davomiyligi» degan kattalik bilan tavsiflandi. «Generatsiya davomiyligi» - ona xujayradan aloxida ajralib chiqqan xujayraning, rivojlanib, o‘z navbatida yosh xujayrani katta qilib bo‘linishigacha bo‘lgan davrdir. Mikroorganizmlar biomassasining vazni aynan shu davrda shakllanib yig‘iladi.
Statsionar davr. Statsionar - so‘zi lotin tilidan olingan bulib mutassil, o‘zgarmas, doimiy va turg‘un degan maъnolarni bildiradi. Bu davr yangi paydo bo‘lgan xujayralar soni o‘lgan xujayralar soniga teng bo‘lgan davrdir. Bu davrda xujayralarni umumiy soni o‘zgarmaydi, rivojlanish tezligi, xujayralarning o‘lish tezligiga teng bo‘ladi. Bu davrda muxitdagi ozuqa asosan bijg‘ish jarayonini asosiy mahsulotini xosil qilishga sarflanadi.