YaN ni baxolash. YaN da savollarning qiyinlik darajasi bir xil bo‘lib, yozma shaklda javob beriladi. “Yozma ish” ni baholashda jadvalda keltirilgan baholash omillaridan foydalaniladi.
Alkogolli va alkogolsiz bijg‘ish mahsulotlariga quyidagilar kiradi.
Qandlar: saxaroza, glyukoza, fruktoza, glyukoza - fruktoza qiyomi.
Bijg‘ish mahsulotlarga:
1) sharob mahsulotlari (nordon, quvvatlangan, desert va shampan sharoblari)
2) pivo mahsulotlari.
3) konyak, viski, rom mahsulotlari.
4) likyor arok mahsulotlari.
5) organik kislotalar (limon, sirka, sut kislotalari) va boshqalar.
Bu mahsulotlarni ishlab chiqarishda asosan uzum, qand lavlagi, shakar kamish, donli mahsulotlar (bug‘doy, arpa, suli, makkajuxori, tariq), kartoshka, melassa va uglevodli boshqa xom ashyolar qullaniladi.
Bijg‘ish deganda organik moddalarni mikroorganizm fermentlari yordamida modda almashinuv jarayoniga aytiladi. Bijg‘ishni 2 ta turi mavjud: aerob va anaerob bijg‘ish.
Anaerob bijg‘ish deganda organik birikmalarni (qandlarni) oddiy moddalarga kislorodsiz muxitda parchalanish jarayoniga aytiladi. Anaerob bijg‘ishga spirtli, atseton-butil va sut kislotali bijg‘ish kiradi.
Aerob bijg‘ish bu qandli moddalarni shunday parchalanish turiki, bunda jarayon kislorod ishtirokida yuz beradi. Aerobli bijg‘ishga sirka kislotali va limon kislotali bijg‘ish kiradi.
Bijg‘ish mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari asosan 3 guruxga bo‘linadi.
Achitqilarni qo‘llashga asoslangan ishlab chiqarish (etil spirt, glitserin, xamirturush, achitqi emi, vino, pivo va kvas)
Bakteriyalarni qullashga asoslangan ishlab chiqarish (organik erituvchilar – atseton va butil spirti, uksus, sut kislotasi, moy kislotasi, propion kislota).
Mog‘or zambrug‘larni qo‘llashga asoslangan ishlab chiqarish (limon, glyukon va fumar kislotalar).
SHarob mahsulotlari ishlab chiqarishni tarixi. Arxeologik maъlumotlarga ko‘ra uzumni vatani bo‘lib, Kavkazni janubiy rayonlari va O‘rta Osiyo, shu bilan birga SHarq mamlakatlari (Eron, Afg‘oniston, Xitoyni sharqiy qismi) xisoblanadi.
Bundan 5-7 ming ilgari uzum Kavkazda, O‘rta Osiyoda, Suriyada va Misrda etishtirilgan.
3 ming yil ilgari uzumchilik Gretsiyada rivoj topgan. O‘rta Er dengizi bo‘ylab, Italiyaga va keyinroq Fransiyaga tarqalgan. Keyinchalik XV-XIX asrlarda uzumchilik butun dunyoga tarqalgan.
O‘zbekistonda vinochilik VII asrlargacha taqiqlanmagan, lekin Arablar istilo qilgandan so‘ng taъqiklangan. Bu davrlarda asosan uzumchilik rivojlangan. Arabistondan, Xindistondan, Erondan xurraki uzum navlari keltirilgan. Vinochilik asosan XIX asrda, ruslar istilo qilgandan so‘ng YAna rivojlangan.
Dostları ilə paylaş: |