VI. Fan o’qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar):
Fanni o’zlashtirish natijasida talaba:
“Texnik mexanika” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, texnik xodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba: - soha texnologik jarayonlarida qo‘llaniladigan mashina va jihozlarining samarali, hamda ishonchli ishlashini ta’minlashda, yangi liniyalarini loyihalash va eskilarini rekonstruksiya qilishda kerakli hisob-kitoblariga asoslangan holda standart va nostandart uskuna jihozlarini tanlashda ularga texnik xizmat ko‘rsatishda zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
O‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy, umumkasbiy fanlardan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalarga oziq-ovqat, kimyo texnologik jarayon tizimlaridagi uskuna va jihozlarining ishlash sharoitini tahliliga asoslangan holda ularni tashkil etuvchi detallarni mustahkamlikka, chidamlilikka, bikrlikka va ustuvorlikka hisoblash asoslarini o‘rganish.
Mashina va mexanizm detallari uchun material tanlash, hamda ularni hisoblash va loyihalash ko‘nikmalarini shakllantirish. Turli mashinalar tarkibibdagi mexanik uzatmalarni tahlil etish va maxsus fanlarda soha, uskuna, hamda jihozlarini loyihalashda zarur bo‘ladigan umumtexnik fundamental birikmalarga ega bo‘lish zarur.
VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
ma’ruzalar;
interfaol keys-stadilar;
amaliy mashg’ulotlar;
guruhlarda ishlash;
taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
jamoa bo’lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
VIII. Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtirish, tahlil natijalarini to’g’ri aks ettira olish, o’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha yozma ishni topshirish.
Dostları ilə paylaş: |