Boshqa xalqni qul qilgan xalq o‘zi uchun ham zanjir to‘qiydi” — kommunizm va marksizm g‘oyalari qanday paydo bo‘lgandi? O‘zbekistonning deyarli har bir hududida avvalgi nomi Karl Marks bo‘lgan maktab va qishloqlar anchagina topiladi. Mustaqillik bolalariga deyarli notanish bo‘lgan bu inson sobiq SSSRdan tashqari hech qaysi davlatda alohida hurmat qozonmagan. Aynan u yaratgan falsafiy g‘oya sabab XX asr — g‘oyaviy kurash davri bo‘ldi. SSSR boshliq marksistik-kommunistik tuzum mamlakatlari AQSh yetakchiligidagi kapitalistik alyans bilan mafkuraviy kurash olib bordi. Bugungi kunda ham o‘z mafkurasini kommunizm ustiga qurgan mamlakatlar mavjud. Masalan, Xitoy va Kuba. “Kommunistik partiya manifesti”, “Kapital” asarlari bilan kommunizm va kapitalizm kurashiga asos solgan Karl Marks kim va uning g‘oyasi nimadan iborat edi? Tahrirdagi gimnaziyada dastlabki tahsilni olgan Marks bu yerda nemis, fransuz, lotin va yunon tillarini o‘rganadi. Gimnaziyadan so‘ng Bonn universitetiga o‘qishga qabul qilinib, tarix, falsafa va yurisprudensiya bo‘yicha mutaxassisga aylanadi. Oliygohdagi yillarida Gegel falsafasi bilan tanishgan yigitda ateistik va inqilobiy dunyoqarash shakllanadi.
Marks 24 ga kirganida antik faylasuflar: Demokrit va Epikur falsafasini o‘rganish bo‘yicha dissertatsiya yoqlaydi. Uning niyati o‘zi o‘qigan Bonn universitetida o‘qituvchilik qilish edi. Biroq o‘sha davrda millatchilik va buyuk davlatchilik kayfiyati hukmron bo‘lgan Prussiyada so‘l qarashdagi insonlar (so‘llar — ijtimoiy tenglik tarafdorlari bo‘lib, xususiy mulkchilik, sinfiy bo‘linish, liberalizm, kapitalizmga qarshi bo‘lgan)ni taqib qilish boshlandi. Marksning ustozlari Lyudvig Feyerbax va Bruno Bauer so‘l qarashlari sabab universitetdagi ishidan ayrilgach, shogird ham oliygohda dars berish fikridan qaytadi hamda Bonndagi muxolif “Reyn gazetasi”ga ishga kiradi. Gazetada siyosiy tahlillar yozish bilan shug‘ullangan Marks o‘zining iqtisodiy siyosat sohasidagi bilimlari kamligini sezadi va iqtisod sohasini o‘rganishga kirishadi. O‘ng qarashdagi (konservatorlar, ijtimoiy tengsizlik tarafdorlari, kapitalistlar, mutaassiblar) hukumatni tanqid qiluvchi maqolalar yozgan Marksga hokimiyat bilan hamkorlik qilish taklifi beriladi. Biroq u bu taklifni rad etadi-yu, mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi Fridrix Engels bilan uchrashuv va kommunizmning paydo bo‘lishi Fransiyaga ko‘chib kelgan Marks bu yerda hamyurti, adabiy do‘stiga aylangan faylasuf Fridrix Engels va shoir Haynrix Hayne bilan tanishadi. Marks fransuzlarning radikal islohotchilar guruhida harakat qila boshlaydi. Biroq Prussiya hukumati Marksni Fransiyada ham tinch qo‘ymaydi va uni bu yerni ham tark etishga majbur qiladi. Faylasuf 1845-yili Belgiyaning Bryussel shahriga ko‘chib o‘tadi. Shu yerda u Engels bilan birga kommunistlarning “Adolatlilar ittifoqi” tashkilotiga a’zo bo‘ladi.
Karl Marks va Fridrix Engelsga atab qo‘yilgan haykal. Bishkek, Qirg‘iziston
Aynan Buyuk Britaniyada Karl Marks kommunistik va kapitalistik jamiyat kurashi haqidagi fikrlari bayon qilingan ko‘p jildlik mashhur “Kapital” asarini yozadi. Marks boshchiligidagi “Xalqaro ishchilar assosiatsiyasi” anarxistlar, fransuz sotsialistlari, italyan respublikachilar, britan mehnat birlashmalarini o‘z tarkibga oladi. Faylasuf umrining so‘ngiga qadar do‘sti Fridrix Engelsning moliyaviy ta’minoti evaziga kun ko‘radi.
Marksizm o‘zi nima?
Marksizm — Karl Marksning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy falsafa nazariyasi bo‘lib, unga ko‘ra, butun insoniyat taraqqiyoti sinfiy (ijtimoiy sinflar bu ishchilar, tadbirkorlar, harbiylar, dehqonlar, hunarmandlar va hokazo) kurashlardan iborat bo‘lgan. Marksning fikricha, kapitalistlar va burjuaziya vakillari boshqalarni arzon haq evaziga ishlatadi va oson boylik orttiradi. Marks kapitalistlar va ishchilar o‘rtasidagi hokimiyat munosabatlari tabiatan ekspluatatsiyaga asoslangani va muqarrar ravishda sinfiy ziddiyatlarni keltirib chiqarishi haqida yozadi. U bu kurash oxir-oqibat kommunistik inqilob bilan tugashi va butun dunyoda ishchilar sinfi hukmronlik qilishiga ishonadi. “Mavjudlik ongni belgilaydi” formulasiga asos solgan Marksning fikriga ko‘ra, har qanday jamiyatning asosini ishlab chiqaruvchi kuchlar (ishchilar) tashkil etadi. Shunday qilib, marksizmning umumiy ma’nosi sinfiy kurashga, ya’ni kapitalistlar va ishchilar o‘rtasidagi kurashga qaratilgan. Marksning g‘oyalari tez orada ovoza bo‘ladi, chunki bu davrda Yevropa qurollanis poygasiga tortilgan, aholi, ayniqsa ishchilar daromadi juda past edi. Sanoat monopollar (Rokfeller, Rotshild, Karnegi, Krupp) qo‘lida bo‘lib, hukumat ularni ularni qo‘llab-quvvatlar, monopollar esa ishchilariga arzimagan maosh to‘lardi. Ushbu vaziyatda Marksning g‘oyalari minglab tarafdorlarga ega bo‘ladi. Ulardan biri Vladimir Lenin edi. Ammo Marksning tiriklik davrida kapitalistik tuzum hali ancha kuchli edi va shu bois Marks o‘zi orzu qilgan inqilobni ko‘ra olmaydi. Maktab darsliklariga faylasufning “Kapital” asari va Fridrix Engels bilan yozishmalari kiritiladi. SSSR Karl Marks va Fridrix Engelsning xususiy mulkchilik bo‘lmagan jamiyatini qurishga bel bog‘laydi. Biroq Lenin Marks g‘oyalaridan farqli ravishda inqilobga ishchilardan tashqari dehqon va askarlarni ham jalb qiladi va davlatda “Ishchi, dehqon va askar ittifoqi” kengashlarini tashkil qiladi. Qolaversa, sovetlar Marks g‘oyalariga senzura va qatag‘on siyosatini ham qo‘shadi.
Marks kommunizmi qanday oqibatlarga olib keldi?
Karl Marks g‘oyalari reallikdan butkul uzoq edi. Insoniyatga tarixdagi ibtidoiy tuzum elementlarni qaytarmoqchi bo‘lgan faylasuf aynan xususiy mulkchilik ibtidoiy to‘dalar sivilizatsiyasida muhim rol o‘ynaganini hisobga olmadi. Insoniyat xususiy mulkchiliksiz yashashi mumkin emas edi, bu mehnat samaradorligining keskin kamayib ketishga olib kelardi. Marksizm va kommunizm o‘rnatilgan hech qaysi davlatda, na SSSR, na Xitoy va na Kubada moliyaviy institutlar va xususiy mulkchilik butunlay yo‘qolmadi. Aksincha, bu davlatlar ham oxir-oqibat xususiy mulkchilikka yo‘l berishga majbur bo‘ldi (masalan, Xitoy). Karl Marksning tuzumni inqilob, ya’ni kuch bilan almashtirish g‘oyasi esa minglab insonlar o‘limiga olib keldi. Birgina SSSRda marksizm g‘oyalarini amalga oshirish uchun feodal, burjua vakili, kapitalist deya millionlab insonlar mahv etildi. Jamiyatning eng asosiy ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish o‘rta qatlam deyarli yo‘q qilindi. Natijada kommunistik SSSR hech qachon kapitalistik davlatlar bilan iqtisodiy teng raqobat qila olmadi. Marksning iqtisodiy nazariyasi sabab mamlakat harbiy salohiyati yuqori bo‘lsa-da, moliyaviy jihatdan kuchsizligicha qoldi. Xitoyda ham Mao Szedun boshliq kommunistlar millionlab kishini avval harbiy inqilob, keyin esa “madaniy inqilob” nomi ostida qatl etdi. Marksning umumiy mehnat g‘oyasi mutlaqo samarasiz edi. Masalan, SSSRdagi kolxoz ishchilari umumiy mulkni qadrlamadi va ishga mas’uliyat
Karl Marks, Fridrix Engels va Vladimir Leninning kommunizm haqidagi g‘oyalari reallikdan uzoq ekani allaqachon isbotini topib bo‘lgan. Kommunizm bayroqdori va uning butun dunyo bo‘ylab tarqatuvchisi (“Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!”) bo‘lgan davlat — SSSR allaqachon tarqalib ketdi. Xitoy hali ham kommunistik mafkuraga ega bo‘lsa-da, iqtisodda to‘la kapitalistik bozor qonunlarini joriy etgan. Marksning umumiy mulkka ega jamiyat g‘oyasi utopik sotsializmning bir ko‘rinishi edi, xolos. Hozirda Karl Marks qabri Buyuk Britaniyada joylashgan va har yili minglab marksist va kommunistlar uni ziyorat qiladi. 1991-yilgacha Sovet davlati Britaniyaga faylasufning qabrini obod saqlab turish uchun pul to‘lab kelgan. Ammo ittifoq tarqalib ketgach, bunga hech kim e’tibor bermay qo‘ydi. Shunday qilib, Karl Marks va Fridrix Engelsning g‘oyalari insoniyatning bir asrlik kurashiga sabab bo‘ldi va oxir-oqibat o‘zining puch ekanini ko‘rsatdi. Biroq ushbu g‘oya sabab millionlab insonlar halok bo‘ldi va ko‘plab mamlakatlar taraqqiyotda orqada qolib Eng qizig‘i, antimarksistlar, antikommunistlar (nafaqat shoirlar, yozuvchilar, faylasuflar, politologlar, tarixchilar, balki iqtisodchilar ham) o‘zlarining tanqidiy chiqishlarida kommunistik harakatning ilmiy asosi bo‘lgan “Kapital” asarini doimo chetlab o‘tishadi. Ya’ni, ilmiy tanqid, aslida, predmetsiz. Bunday holat esa, o‘z navbatida, antimarksizmning ilmiy jihatdan o‘ta cheklanganligini va uning tanqidi sifatini ham namoyon etadi. Xullas, mana 153 yildan buyon yuz minglagan burjua olimlari, minglagan “Aqliy markazlar” K.Marksning 3-jildli “Kapital” asariga qarshi “Antikapital” asarini yaratisha olishmayapti. Yel’ kabi elitar universitetlarda K.Marks o‘rganilmoqda. Ammo, biz g‘arb ta’limidagi bunday jihatlarni ko‘rmaymiz. 2013 yilda esa, YuNESKO “Kapital” asari va “Kommunistik partiya manifesti” qo‘lyozmalarini «Dunyo xotirasi» ro‘yxatiga kiritgan.
Mavzu: Marks iqtisodiy ğoyalari vujudga kelishining ijtimoiy-idtisodiy shart-sharoitlari, uning mohiyati, tarixiy taqdiri.
Dostları ilə paylaş: |