4.Mahsulot (ish,xizmat)larning kritik hajm darajasi va uning omili tahlili Firma va kompaniyalar faoliyat yuritayotganda turli kutilmagan xodisalarga duch keladi. Bu esa to‘g‘ri baholashni talab etadi. Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarishda uning qanday hajmi korxonaga zararsiz ishlash imkonini tug‘diradi, yoki mahsulotning qaysi birligida mahsulot sotishdan olinadigan tushum to‘la o‘zgaruvchan va o‘zgarmas harajatlarni qoplay oladi? Mahsulot ishlab chiqarishning kritik xajm darajasini aniqlash yuzasidan 2 xil yondashuv mavjud:
Grafik usul (mahsulot ishlab chiqarish hajmini aniqlashning xarajat tushumfoyda aloqadorligidagi kompleks grafigi tuziladi) Tenglik usuli (Tushum-xarajat=foyda formulasidan iborat tenglikdan foydalaniladi) Marjinal daromad usuli (sotishdan sof tushum-o‘zgaruvchan xarajatlar=marjinal foyda-doimiy xarajatlar=yalpi foyda) Ushbu vazifani bajarish uchun firma va kompaniyalarda mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi ko‘rsatkichi aniqlanadi.
ST-O‘X>DX Boshqacha qilib aytganda, rentabellikka erishishning eng afzal quroli – bu o‘zgaruvchan harajatlarni minimallashtirish (kamaytirib borish)dir. Buning uchun rentabellikning chegaraviy nuqtasi, ya’ni "Zararsizlik nuqtasi" ni aniqlash zarur "Zararsizlik nuqatasi" deganda foyda va zarur zonalarini bir-biridan ajratib turadigan chegaraviy nuqta tushuniladi. Bu nuqta harajatlarni qoplash uchun zarur bo‘lgan, minimal oborot hajmini yoki minimal tushum hajmini ko‘rsatadi. Bunuqtaga erishish tufayli ishlab chiqarilgan (sotilgan) qandaydir minimal mahsulot hajmi bilan korxona harajatlarini butunlay qoplashga erishish mumkin. Bu g‘oya "marjinal foyda konsepsiyasi"ga asoslanadi. Uning formulasi quyidagicha:
Tushum – O‘X = MF – DX = Foyda Bu erda, MF- marjinal foyda O‘X- o‘zgaruvchan harajatlar, ya’ni:
• ijara haqi; • doimiy maoshlar; • reklama harajatlari; • kommunal xizmat harajatlari; • sug‘urta xizmat harajatplari; • sug‘urta badallari; • soliqlar; •amortizatsiya ajratmalari.
DX- doimiy xarajatlar, ya’ni: • xom ashyo va materiallar; • ishbay ish haqlari; • texnik xizmat ko‘rsatish; • mukofat summalari va h.kHar bitta korxona mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish rejasini to‘zishda albatta kutiladigan foyda normasini hisoblashga va biznes samaradorligini baholashga ahamiyat berishadi. Foyda normasini belgilab olish, erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada murakkab masala hisoblanadi. Negaki uning hisobkitobida turli taxlikalarni (risklarni) hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Foyda normasini hisoblashni murakkabligi shundaki, bunda resurslar, mahsulotlar bahosi, soliqlar, to‘lovlar firma va kompaniyalar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgaruvchanlikka ega bo‘ladi. Ularni hisob-kitob qilish imkoni tug‘iladi qachonki aniq ko‘rsatkichlar manbasiga ega bo‘linsa. Bu manba inflyasiyani ta’sir darajasi, baholarning o‘zgarish holatlari, ishlab chiqarish harajatlarini o‘zgaruvchanligi (mahsulot hajmi va resurslar bahosini o‘zgarishi hisobiga) bo‘lishi mumkin.
Kritik hajm darajasini aniqlashga quyidagi hollarda murojat qilinadi: - korxona yangi tashkil etilganda; -ishlab chiqarish va marketing tadqiqotlari tahlilida; -yangi maxmsulot turini ishlab chiqarish yoki eski mahsulot turinini rad qilish qarorini tayyorlashda; -ishlab chiqarishni modernizatsiyalashda; - mahsulotlarni tarkibiy o‘zgarishlarini malga oshirishda Kritik hajm tahlilida javob tayyorlanadigan yo‘nalishlar: -harajatlarni kamaytirish mumkinmi? -sotish hajmi usadimi yoki kamayadimi? -baho oshadimi yoki kamayadimi? -doimiy va o‘zgaruvchan harajatlar qanday bo‘ladi? Kritik hajm darajasi doimiy va o‘zgaruvchan harajatlar summasi va mahsulotlarni sotish baholari orqali hisob-kitob kilinadi.Sotishning tegishli hajmiga erishish uchun avalo baho birligi belgilanishi lozim. Baho birligi belgilangandan keyin kritik hajm darajasi kaytadan hisob-kitob qilinadi. Agar olingan natija zararsizlik darajasini konatlantirmasa baho korrektirovka kilinadi va daraja hisob-kitobi qaytadan amalga oshiriladi. Marjinal foydaning ko‘zda tutilgan darajasiga erishilmasa, mahsulot tannarxini kamaytirish choralari ko‘riladi. Tahlil yakunida yakuniy zararsizlik daradajasi hisob-kitob kilinadi va davriy oraliqda korxonaning moliyaviy rejasi belgilab olinadi. Kritik hajm darajasini tahlil etishning maqsadi – foyda olish imkoniyatini belgilashdan iborat. Agar korxonaning foydaga ishlash imkoniyatini aniq baholasak, ijobiy pul oqimlariga ega bo‘lish imkoniyatlari ham bilinadi. Doimiy va o‘zgaruvchan harajatlarni qanday hisob-kitob qilish mumkin? Ushbu harajatlar buxgalteriya hisobining mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha harajatlarini alohida, kalkulyasiya moddalari bo‘yicha o‘rganish orqali bilib olinadi. Xalqaro amaliyotda kritik hajm darajasini aniqlashda analitik tadbirlarning quyidagi metodikasi belgilangan. 1. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas harajatlar tarkiblanadi. 2. Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi belgilanadi5 Mahsulot ishlab chiqarishni kritik hajm darajasini hisoblashning quyidagi bog‘lanishli ifodasini berib o‘tish mumkin.