Yk=(S/P)*Yk+U Bunda:
Yk-kritik hajm darajasidagi mahsulot hajmi; U-jami o‘zgaruvchan harajatlar; S-mahsulot birligida o‘zgaruvchan harajat; P-mahsulot birligini bahosi. Shuningdek, Kritik hajm darajasida mahsulot ishlab chiqarishni quyidagi ifodalar orqali aniqlash ham mumkin. Qk=U/(P-S) Qk= O‘x+Dx+o yoki Qk= M* S +Dx+o Belgilar izohi; Qk-kritik hajm darajasidagi mahsulotni miqdoriy birligi; O‘x-o‘zgaruvchan harajat Dx-doimiy harajat nol miqdordagi foyda M-mahsulot birligi R-mahsulot birligiga o‘zgaruvchan harajat
C+S+o=O‘zgaruvchan harajatlar+O‘zgarmas harajatlar+ foyda. Bunda foyda miqdori nolga teng deb olinadi. Ya’ni; ishlab chiqarish va savdo aylanmasidan olingan daromad to‘liq, barcha harajatlarni qoplagan holda foydaga ega bo‘linmaydi.
Omilli tahlil.
Kritik hajm darajasidagi mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi birliklar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin. -mahsulot birligi bahosini o‘zgarishi; -bir birlikka o‘zgaruvchan harajatlarni o‘zgarishi: -doimiy harajatlarni o‘zgarishi; Yakuniy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi bog‘lanishlarda hisob-kitob qilish mumkin. Kritik hajm darajasiga mahsulot birligiga o‘zgaruvchan harajatlar ta’sirini hisob-kitobi;
Yk1=(Sx/Pr)*Ykr+Ur - (Sr/Pr)*Ykr+Ur Kritik hajm darajasiga mahsulot bahosini o‘zgarishini ta’siri
Yk2=(Sx/Px)*Ykr+Ur –Ykr1 Kritik hajm darajasiga mahsulot hajmining o‘zgarishini ta’siri quyidagi bog‘lanish bilan aniqlanadi.
Yk3=(Sx/Px)*Ykx+Ur –Ykr2 Mahsulot ishlab chiqarishning kritik darajasi, zararsizlik yoki foydasizlik darajasidagi mahsulot hajmi, mahsulot ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasi deb ham yuritiladi.Quyidagi misolda yuqoridagi formulalarni yaxshiroq tushunib olish mumkin.
4-jadval Mahsulot ishlab chiqarishning kritik darajasini aniqlash ko‘rsatkichlari