Toshkent moliya instituti 90K-2 guruh ta’labasi usmonov qahramonning boshqaruv hisobi fanidan 2023-yil mazvu: boshqaruv hisobi mohiyati «Boshqaruv hisobi»


Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi



Yüklə 90,26 Kb.
səhifə2/2
tarix21.04.2023
ölçüsü90,26 Kb.
#101344
1   2
BOSHQARUV HISOBI

Boshqaruv hisobining tarixiy shakllanishi Respublikamizda boshqaruv hisobini alohida fan sifatida rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash uning tarixiy shakllanish jarayonini o‘rganish zaruratini yuzaga keltiradi. Boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobi tarkibida mustaqil fan sifatida rasman 1972-yilda tan olindi. Bu paytda buxgalterlarning Amerika assotsiatsiyasi tom onidan boshqaruv hisobi bo‘yicha bitimvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli dasturi ishlab chiqilgan edi. Binobarin, mustaqil o'quv fani sifatida boshqaruv hisobi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejasiga kiritilgan edi. Uning paydo bodishi hamda shakllanishi kalkulatsiya va ishlab chiqarish hisoblarining rivojlanishi bilan bogdiq. Kalkulatsiya hisobi xo‘jalik hisobi paydo bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida kelib chiqqan va tovar almashuv muomalalari natijasi bodib hisoblangan. «Kalkulatsiya» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z tarjimada «calcul» — toshcha, ya’ni «toshchalar bilan sanash» ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bodishi kalkulatsiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog‘onaga ko‘tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulatsiya hisobining ajratib kohsatilishi esa buxgalteriya hisobini yanada takomillashtirish imkonini berdi.
Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobini mukammallashtirish, jumladan axborotlarni o‘z vaqtida foydalanuvchilarga yetkazish, tijorat sinning saqlanishini ta’minlash, korxona buxgalteriyasini ikki mustaqil qism: moliyaviy va kalkulatsiya hisobiga bo'linishini shart qilib qo'ydi. Bu tarzda buxgalteriyaning mustaqil qismlarga boMinishi moliyaviy hisobni m arkazlashtirish va kalkulatsiya hisobini esa nom arkazlashtirishga sabab bo'ldi. Natijada, kalkulatsiya hisobi o‘z vazifalariga ega bo‘la boshladi va boshqaruv jarayonini tezkor-tahliliy axborot bilan ta ’minlash, korxona bo'linmalari xarajatlari va daromadlarini nazorat qilish imkoniyatini yaratdi. Ushbu omillar xarajatlar m e’yorlari, mahsulotning normativ kalkulatsiyasini ishlab chiqish, haqiqiy xarajatlarning me’yoriy xarajatlarga muvofiqligini tezkor nazorat qilish, mavjud chetlanishlarni aniqlash va bartaraf qilishga imkon tug’dirdi hamda tannarxning shakllanish jarayonini boshqarishning chetlanishlar bo'ykha boshqaruv usuli yuzaga keldi. XX asrning 40-yillari oxirida AQSH va G ‘arbiy Yevropanmg ayrim mamlakatlarida «ishlab chiqarish hisobi» atamasi asta-sekin «boshqaruv hisobi» atamasiga almashina boshladi. Bu davrda buxgalteriya hisobi boshqamv siyosatining shakllanishi va amalga oshirilishida faol ishtirok eta boshladi, buxgalterlar esa taxminlash, rejalashtirish, boshqaruv qarorlari qabul qilish va korxona boshqaruv xizmatlarini axborot bilan ta’minlash ustidan nazorat o'matish sohasida faoliyat yurita boshladilar.
3 Korxonalarda buxgalteriya hisobini istiqbolli rivojlantirish moliyaviy va boshqaruv hisobi kabi uning muhim tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishni taqozo etadi. 12 Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasida ko‘pgina umumiyliklar mavjud, chunki ularning ikkalasi ham korxona hisob tizim i axborotidan foydalanadi. Moliyaviy hisobning qabul qilingan tamoyillari boshqaruv hisobida ham amal qilishi mumkin, chunki korxona rahbarlari o‘z faoliyatlarida mutlaqo tekshirilmagan taxminlar va fikrlarga tayanib ish qilishlari mumkin emas. Bundan tashqari, har ikkala kichik tizim axborotidan zaruriy boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun foydalaniladi. Moliyaviy va boshqaruv hisobi o‘rtasidagi mavjud tafovutlarni quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Hisobning maqsadi. Moliyaviy hisobning maqsadi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini baholash, aktivlar va passivlarning holati to'g‘risidagi axborotlami umumlashtirish, davriy va yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan iborat. Bu ma’Iumotlar ma’muriyatning o‘zi uchun ham, tashqi foydalanuvchilar uchun ham ' mo‘ljallangan boiadi. Tashqi foydalanuvchilar, investorlar va kreditorlar korxonaning moliyaviy ahvoli, uning toTov qobiliyati, kreditga layoqati, mazkur korxonaga berilgan investitsiyalarning rentabellik darajasi kabilarga baho berishda aynan shu ma’lumotlarning aniq belgilangan talablar va standartlarga muvofiq ravishda olib borilganiga e’tibor beradilar. Boshqaruv hisobining asosiy maqsadi esa korxona rahbariyatini •oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xarajatlar va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi ishonchli axborotlar bilan ta’minlashdir. 2. Hisob siyosatini ishlab chiqish. Moliyaviy hisobda hisob siyosati uni yuritish qoidalari, moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilish tartibini ifodalaydi. Boshqaruv hisobi hisob siyosatida asosan korxona faoliyatini *. budjetlashtirish, taxminlash, tannarx hisoblash, transfert bahoni shakllantirish, segmentar hisobot tuzish masalalari o‘z ifodasini topadi. 3. Axborotlarni buxgalteriya hisobi schotlari tizimida aks ettirish. Moliyaviy hisob schotlari tizimi korxona moddiy, m ehnat va moliyaviy resurslari holati hamda harakati to ‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni umumlashtiradi. Ushbu schotlar tizimi 0 ‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini schotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli milliy standartiga asoslanadi. Ushbu schotlar rejasining yangi tahriri 0 ‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002-ryil 9-sentabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro‘yxatga olingan. . Boshqaruv hisobi schotlar rejasi esa korxona va uning bo‘linmalari faoliyati to‘g‘risida strategik boshqaruv qarorlarni qabul qilish, budjetlashtirish, xarajatlar hisobi va tannarx kalkulatsiyasini tashkil etish, «Xarajatlar — ishlab chiqarish hajmi — foyda» tizimi bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashni nazarda tutadi. Mazkur schotlar rejasini amaliyotga joriy etish ikki razradli buxgalteriya hisobi schotlari tizimidan to ‘rt razradli tizimga o‘tish zaruriyatini keltirib chiqaradi: a) balans schotlari, ya’ni balans tuzishda ishtirok etuvchi schotlar; b) operatsion, «Xarajatlar — ishlab chiqarish hajmi — foyda» tizimi bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashda qo‘llaniladigan va boshqaruv buxgalteriyasida foydalaniladigan schotlar. Hozirgi kunda jahon amaliyotida boshqaruv hisobi schotlar rejasining Germaniya va Rossiyada muvaffaqiyatli qoilanilayotgan tizimlari amal qilmoqda. 4. Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy hisob tashqi hisob deb ham ataladi. Uning natijalari chop etib boriladi, biroq, mohyaviy hisobotlar nafaqat moliyaviy axborotlarni, shuningdek, korxonalar faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni, ularning yangi mahsulotlarini namoyish etuvchi reklama tusjdagi axborotlarni ham o'z ichiga oladi. Moliyaviy hisob axborotlaridan foydalanuvchilar, asosan korxonadan tashqarida bo‘ladi. Ushbu axborot korxona rahbariyati, davlat organlari, kreditorlar, aksionerlar, investorlar (ichki va tashqi foydalanuvchilar) uchun zarur. Boshqaruv, hisobini, binobarin, ichki hisob deb atash mumkin. Uning natijalaridan korxona boshqaruvi xodimlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari foydalanadilar. 5. Axborotni taqdim etish shakllari. 0 ‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risida»gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, moliyaviy hisobot buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to ‘g‘risidagi, asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi, pul oqimlari
to'g‘risidagi, xususiy kapital to£g‘risidagi hisobot shakllari, shuningdek, izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlardan iborat. Moliyaviy nisobot shakllari Moliya vazirligi tomonidan 2002-yil 27-dekabrdagi 140- sonli buyruq bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 2003- yil 24-yanvarda 1209-raqam bilan ro‘yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha Qoidalar» bo‘yicha taqdim etiladi. Shuningdek, korxonalar, soliqlar, ijtimoiy ta ’minot va sug'urta, mehnat biijalariga o‘matilgan tartibda hisobot topshiradilar. Boshqaruv hisobi axborotlari esa foydalanuvchilarga erkin shaklda taqdim etiladi. 6. Hisobni yuritish majburiyati. Moliyaviy hisob rasmiy hisob bo‘lib, barcha korxonalar uchun uni yuritish majburiydir. M oliyaviy hisobot hujjatlari soliq idoralari va boshqa tegishli joylarga taqdim etiladi, ular auditorlarning tekshiruv obyekti hisoblanib, chop etilishi shartdir. Boshqaruv hisobini olib borish korxona rahbariyati talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 7. Hisobni tashkil etish qoidalari. Moliyaviy hisobda moliyaviy hisobot axborotlari aniq tamoyil va qoidalarga muvofiq shakllanishi hamda aks ettirilishi shart, ular asosida m a’lumotlar qayd qilinadi, baholanadi va tegishli schotlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu tamoyil va qoidalar «Buxgalteriya hisobi to‘g£risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda buxgalteriya hisobining milliy standartlarida belgilab qo‘yiladi. Boshqaruv hisobini yuritish tartib-qoidalari korxonaning strategik va taktik maqsadlaridan, xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Bu hisob turida ma’lumotlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ahamiyatlilik darajasiga e’tibor beriladi. 8. Hisob tamoyillari. Moliyaviy hisob umumiy tamoyillarga tayanadi, bular buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usulida t yuritish, aniqlik, mazmunning shakldan ustunligi, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi, moliyaviy hisobotning betarafligi va h.k. Bu tamoyillarga korxona xodimlari bilan bir qatorda davlat idoralari vakillari ham amal qiladilar. Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari esa hisobni ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, ehtiyotkorlik, ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi va h.k. hisoblanadi.
9. Hisobning asosiy obyektlari. Moliyaviy hisobotlarda korxona, odatda, yagona, yaxlit deb ta’rifianadi. Ko‘p tarmoqli faoliyat olib boruvchi yirik korxonalar har bir soha bo‘yicha, ya’ni korxonaning yirik segmentlari bo'yicha xarajatlar va daromadlarni umumlashtirilgan moliyaviy hisobotda aks ettirishi shart. Boshqaruv hisobi, odatda, korxonaning alohida bo'linmalari: bo'lim lar, sexlar, uchastkalar, ish joylari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi. 10. Hisobning asosiy tuziimasi. Moliyaviy hisob quyidagi asosiy tenglikka muvofiq shakllanadi: Aktivlar = Xususiy kapital + Majburiyatlar. Boshqaruv hisobi axboroti tuziimasi va tarkibi uning foydalanuvchilarining ehtiyojlariga bog‘liq. Boshqaruv hisobining har qanday tuziimasi eng avvalo xarajatlar, daromadlar va aktivlar kabi kategoriyalarga tayanadi. Bu tuzilmalarni qofilashda asosiy mezon — zarur axborotning foydaliligidir. 11. Axborotning oshkoralik darajasi. Moliyaviy hisob axborotlari uning foydalanuvchilari uchun ochiq hisoblanadi. Jum ladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g‘nsida»gi Qonunining 19-moddasiga ko'ra, mazkur axborotlar soliq organlariga, ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, davlat statistika organlariga, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga taqdim qilinadi. Boshqaruv hisobi axborotlari ko‘proq maxfiylik xususiyatiga ega bo‘lib, ulardan korxona menejerlari, ta’sischilar va kuzatuv kengashi a’zolari boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalanadilar. Ushbu axborotlar korxonaning tijorat siri hisoblanadi. U lar hisobotdan tashqi foydalanuvchilarga berilmaydi. 12. Axborotni aks ettirish usullari va yo‘llari. Moliyaviy hisob qiymatda shakllanadigan axborotni o‘z ichiga oladi. Korxonaning moliyaviy hisoboti bosh daftardagi barcha schotlar bo‘yicha yakuniy qoldiqlarni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisobda xo‘jalik jarayonlari buxgalteriya hisobining hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulatsiya, schotlar tizimi va ikkiyoqlama yozuv, buxgalteriya balansi va hisobot va h.k. usullarida ifoda etiladi. Unda moliyaviy hisobot ma’lumotlari albatta pul birligi ko‘rinishida aks ettirilishi zarur. Moliyaviy hisobot m a’lumotlari bosh daftaming yakuniy yozuvlariga mos keladi.
Boshqaruv hisobida xo‘jalik m uom alalarini aks ettirishda ikkiyoqlama yozuv usuliga asoslanish shart emas. Mazkur hlsob turida m a’lum otlar bar qanday o ‘lchov birligida hisoblanishi mumkin. Shuningdek, unda moliyaviy hisobot shakllari axborotlarining Bosh kitob m a’lumotlari bilan mos kelishi va taqqoslanishi shart emas. Boshqaruv axborotini qayd etish va aks ettirishda esa moiiyaviy hisob usullari bilan birgalikda ekonometrika, statistika, iqtisodiy lahlil usullaridan ham foydalaniladi. 13. Axborotlarni o‘lchash. Xo‘jalik jarayonlarini umumlashtirish uchun moliyaviy hisobda faqat qiymat o‘lchovi qo‘llaniladi va so'mlarda ifoda etiladi. Boshqaruv hisobida esa hisob o'lchovlarining moddiy, mehnat va qiymat kabi barcha turlaridan foydalaniladi. 14. Hisobot tuzishning davriyligi. Moliyaviy hisobot qat’iy beigilangan muddatlarda tuziladi hamda taqdim etiladi. Boshqaruv hisobida hisobot har kuni, har hafta va h.k. m uddatlarda tuzilishi m um kin. H isobotlarni taqdim etish muddati korxona rahbariyati tom onidan belgilanadi. M uhimi, hisobot iste’molchilarga foydali bo'lishi va o ‘z vaqtida taqdim etilishi lozim. 15. Axborotning sodir bo‘lish vaqti. Moliyaviy hisob korxonaning moliyaviy tarixini aks ettiradi. Unda xo‘jalik muomalalari ularning sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar orqali qayd etiladi, ya’ni hisobning bu turi korxona xo‘jalik faoliyatida allaqachon sodir bo'lgan muomalalarni tasdiqlaydi. Boshqaruv hisobining maqsadi esa sodir bo'lgan voqealar tahlili asosida istiqbolga mo‘ljallangan tavsiyalar, boshqaruv va investitsiya qarorlari dasturini ishlab chiqishdan iborat. Moliyaviy hisob xo‘jalik muomalalari sodir boigandan so‘ng, boshqaruv hisobi esa voqea-hodisalami oldindan tashxislab berishi zarur. Shu boisdan, boshqaruv hisobi ko'pincha taxminlash hisobi, maxfiy hisob deb ham ataladi. 16. Axborotning aniqlik va ishonchlilik darajasi. Moliyaviy axborot sodir bo‘lgan operatsiyalarni aks ettiradi, shu bois, u xolislik xususiyatiga ega va auditorlik tekshiruvidan o‘tadi
Yüklə 90,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin