aniqlash muhim ahamiyatga ega. Muhimlik darajasini aniqlashning yuqorida ko’rib chiqilgan tartibi tavsiya tavsifiga ega bo’lib, namuna sifatida berilgan. Auditorlik tashkilotlari № 9–AFMS talablaridan kelib chiqib, mijoz-korxona faoliyatiga mos muhimlik darajasini aniqlash tartibini ishlab chiqishlari lozim. Bunda ular tavsiya qilingan jadvaldagi tartibga quyidagi o’zgartishlarni kiritishlari mumkin: a) 3-ustundagi koeffitsientlarni o’zgartirish; b) 1-ustunda keltirilgan ko’rsatkichlarni almashtirish, yangilarini kiritish yoki ayrimlarni chiqarib tashlash; v) muhimlik ko’rsatkichini aniqlashda o’rtacha miqdor chiqarish tartibini o’zgartish; g) o’tgan yillardagi moliyaviy ko’rsatkichlarni inobatga olish va ularning o’zgarish dinamikasini hisobga olgan holda ish tutish; d) bitta muhimlik ko’rsatkichini emas, balki balansning har xil moddalari uchun bir necha ko’rsatkichlarni olish; e) jadvalni mustaqil ishlab chiqish va muhimlik darajasini hisob-kitob qilish bo’yicha o’zining sxemasini kiritish. Muhimlik darajasi ko’rsatkichlari va uning yagona (umumlashtiruvchi) ko’rsatkichini aniqlash, uning ahamiyati to’g’risida bayon etilgan fikr-mulohazalarni mustahkamlash uchun jadvalda tavsiya etilgan uslub bo’yicha quyida muhimlik darajasini hisob-kitob qilishning bir necha usullarini keltiramiz: Birinchi usul.
Bu usulga muvofiq auditor yuqorida keltirilgan asosiy ko’rsatkichlardan muayyan korxona uchun eng mos keladiganlarini tanlab olishi mumkin. Ikkinchi usul
ga muvofiq yuqorida tavsiya qilingan barcha ko’rsatkichlar hisoblab chiqarilib, eng kichik summa asosiy ko’rsatkich deb qabul qilinadi. buning uchun quyidagi hisob-kitoblar bajariladi. Muhimlik darajasini hisoblash jadvali.