hisoblab chiqarilib, uni keyinchalik ishlashga qulay bo’lishi uchun yaxlitlash lozim. Ammo yaxlitlanganidan so’ng uning miqdori o’rtacha miqdordan u yoki bu tomonga o’zgarishi 20% dan oshmasligi kerak. Ushbu ko’rsatkich muhimlik darajasini tavsiflaydigan yagona ko’rsatkich bo’lib, auditor ulardan o’z ish faoliyatida asos sifatida foydalanishi mumkin. Ushbu ko’rsatkichlarni batafsilroq ko’rib chiqamiz. «Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi» eng muhim ko’rsatkichlardan hisoblanadi va «Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan tushum» ko’rsatkichiga qaraganda ko’proq o’zgarib turadi. Bu ikkala ko’rsatkich ham asosan savdo, engil sanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalarining moliyaviy hisobotlari uchun jiddiy ko’rsatkich bo’lishi mumkin. Qishloq xo’jalik korxonalarida esa balans aktividagi I bo’limning jami (120-satr), II bo’limning jami (380-satr) va passivdagi II bo’lim jami (690-satr) eng jiddiy asosiy ko’rsatkichlar bo’lishi mumkin. Balans aktividagi I bo’limni jiddiy ko’rsatkich deb olishning sababi amaliyotda ko’pchilik qishloq xo’jalik korxonalarida uzoq muddatli aktivlar haqqoniy qayta baholanmagan va bozor bahosidan keskin farq qiladigan holatlar uchraydi. II-«Joriy aktivlar» bo’limini auditda jiddiy ko’rsatkich sifatida qo’llash agrar sektor korxonalarida asosan «Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi (150-satr) bilan bog’liq. Chunki, amaliyotda ko’pchilik qishloq xo’jalik korxonalarida ayrim sub’ektiv sabablarga ko’ra joriy yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga tegishli xarajatlar, go’yoki tugallanmagan ishlab chiqarish hisoblanib, balans aktivida sun’iy ravishda oshirilgan nohaq summani yuzaga keltiradi. №4-«Tovar-moddiy zahiralar» va №21- «Xo’jalik yurituvchi subektlarning