Auditorlik tashkilotlari eng muhim asosiy ko’rsatkichlarni, jumladan: buxgalteriya hisobi schyotlarining miqdor ko’rsatkichlari, balans moddalari yoki buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlaridan ma’lum bir ulushini olib, muhimlik darajasini hisoblab chiqarishlari lozim. Muhimlik darajasi rejalashtirish bosqichida aniqlanib, u mijoz-korxonaning xususiyatlariga bog’liq. Jumladan, faoliyat tarmogi, tugallanmagan ishlab chiqarish, soliqqa tortilgungacha foyda summasi, balansning jami summasi, shartli majburiyatlarning
mavjudligi, kreditorlik qarzlar, kapital summasi, hisobotda kutilmagan moddalarning paydo bo’lishi va boshqalar. Lekin, ushbu ko’rsatkich (muhimlik darajasi) auditor tomonidan nafaqat auditni rejalashtirish bosqichida – auditorlik amallarining mazmuni, hajmi va vaqt sarfini aniqlash paytida, balki butun auditorlik tekshiruvini o’tkazish va auditorlik xulosasini tuzish jarayonida ham hisobga olinishi lozim. Yuqorida ta’kilanganidek, auditor audit o’tkazish chog’ida muhimlikning ikkita ya’ni sifat va miqdor tomonini nazarda tutishi zarur. Sifat nuqtai nazaridan auditor xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan sodir etilayotgan muomalalarning O’zbekistonda amal qilayotgan me’yoriy hujjatlardan chetga chiqish hollari jiddiy yoki jiddiy emasligini aniqlash uchun o’zining professional fikr-mulohazalaridan foydalanadi. Miqdor nuqtai nazaridan, auditor aniqlangan tafovutlar har birining yoki jamlanmasining (belgilanmagan tafovutlarning taxminiy miqdorini ham hisobga olgan holda) miqdoriy mezon – Muhimlik darajasidan oshib ketmaganligini aniqlashi lozim. Muhimlik darajasini aniqlashda, odatda, ikkita omil hisobga olinadi: xatoning