Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


hisoblanadi. Buxgalteriya hisobotida yig’indisi katta summani tashkil etadigan bir nechta



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

hisoblanadi. Buxgalteriya hisobotida yig’indisi katta summani tashkil etadigan bir nechta 
sezilarsiz xatolar bo’ladigan vaziyatlar ham uchraydi. Auditor bitta jiddiy bo’lmagan xatoni 
aniqlab, bu haqda auditorlik xulosasida bildirishi va salbiy auditorlik xulosasi tuzishi ham 
mumkin. Haqiqatda esa, buxgalteriya hisobotida jamlanganida jiddiy tus oladigan bir nechta 
ahamiyatsiz xatolar bo’lishi mumkin.
Muhimlikni aniqlash auditning amaliyotida №9 – “Muhimlik va auditorlik 
tavakkalchiligi” nomli AFMS bilan tartibga solinadi. Ushbu standartga muvofiq “Xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligiga sezilarli darajada ta’sir 
ko’rsatadigan holatlar auditda jiddiy deb tan olinadi”.
Standartda ta’kidlanishicha, barcha jiddiy holatlarda moliyaviy hisobotning 
ishonchliligi deganda undagi ko’rsatkichlar aniqligining shunday darajasi tushuniladiki, bu 
hisobotdan malakali foydalanuvchilar to’g’ri xulosalarga kelish va to’g’ri qarorlar qabul 
qilish imkoniga ega bo’ladi.
Ma’lumki, respublikamizda islohotlarning chuqurlashtirilishi va iqtisodiyotning 
erkinlashuvi natijasida buxgalteriya hisoboti axborotlaridan foydalanuvchilarning turlari 
ko’paymoqda. Ularning har qaysisi uchun Muhimlik darajasi turlicha bo’lishi mumkin. 
Masalan, aktsiyadorlar uchun korxona faoliyatining natijalari, xo’jalik mablag’la-rining 
haqqoniyligi va foydaning dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. 
Investorlar uchun esa korxonaning moliyaviy barqarorligi, ishlab chiqariladigan 
mahsulotlarga talabning o’zgarishi, qo’yilmalarning rentabelligi va investitsion loyihalarning 
haqqoniyligi to’g’risidagi axborotlar muhim bo’lishi mumkin.
Auditorlar eng muhim, kam uchraydigan va xatolari bor hisobot moddalari va 



Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin