schetlarni aniqlash chog’ida Muhimlik tushunchasidan auditni rejalashtirishning asosi sifatida foydalanadilar. Bunday moddalar va schetlarga alohida e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, to’plangan auditorlik dalil-isbotlarini baholashda va qanday auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bir qarorga kelishda ham muhimlik darajasidan foydalaniladi. Demak, Muhimlik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi. №70-«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik xulosasi» nomli AFMSdagi ijobiy auditorlik xulosasi standart shaklining yakunlovchi qismida «…xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini ishonarli aks ettiradi...» deyilgan. Ushbu jumla axborotdan foydalanuvchilarga auditorlik xulosasida bildirilgan fikrning jiddiy hisoblangan moliyaviy axborotlargagina taalluqli ekanligi to’g’risida ma’lumot beradi. “Muhimlik” tushunchasi shuning uchun zarurki, hech qaysi auditor moliyaviy hisobotning 100% to’g’ri ekanligiga kafolat bera olmaydi. Jiddiy xatolarning auditor tomonidan aniqlanishi ko’plab omillarga bog’liq. Jumladan, ham korxona rahbariya-ti, ham auditor tomonidan mavjud jiddiy xatolarning baholanishi; tekshiruvlar vaqti va qiymatining chegaralanganligi; mijozning xatolarni auditor aniqlashini “kutib o’tirishi”; auditorning mustaqillik darajasi; uning vijdonliligi; tashqi auditorning ichki nazorat tizimiga ishonchi; korxonada qabul qilingan hisob siyosati va undagi ayrim qoidalarning tafsiloti; hisob siyosatining me’yoriy hujjatlar talablariga mosligi.