bilan birga u kelgusida o’z muomalalarini amalga oshira olishini aniqlashda yordam beradi. Tekshiriladigan korxonaning hisob yuritish siyosatini bilish auditorga har xil schyotlarni tekshirishning samarali metodlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Hisob yuritish siyosatini tushunish uchun quyidagilarni ko’rib chiqish zarur: hisob yuritish siyosatini qabul qilish tartibi; hisob yuritish siyosatiga o’zgartirishlar kiritish; talab etishi mumkin bo’lgan, korxona faoliyatida ruy berishi kutilayotgan o’zgarishlar; hisob yuritish siyosatining amaldagi qonunchilikka mosligi, hisob yuritish siyosatining mazkur tarmoq uchun xosligi. (hisob yuritish siyosatini tekshirish tartibi 3, 4-mavzuda batafsil bayon qilingan). Korxonaning uchinchi shaxslar bilan o’zaro munosabatlarini ko’rib chiqishda quyidagilarni tahlil qilish zarur: korxona da’vosi, shuningdek unga qarshi qo’zg’atilgan da’vo bo’yicha mavjud va bo’lishi mumkin bo’lgan sudlashuvlar; korxonaning mulklari va mas’uliyatlari sug’urta qilinganligi; korxonaning soliq maqomi (soliqlar bo’yicha imtiyozlar va sh. o’.). Auditor tarmoqda qanday xatarli holatlar bilan to’qnashishi va mazkur tarmoqning o’ziga xos muammolarini hal qilishga layoqatliligini, unga notanish va o’ziga xos murakkab
masalalarni xal etish uchun tegishli mutaxassislar jalb qilish talab qilinishini tasavvur qila olishi lozim. Buning uchun u mazkur tarmoqdagi raqobatchilik shart-sharoitlarini (asosiy raqobatchilarning ro’yxatini tuzishi lozim); baholarning o’zgarishini, tarmoqda ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladigan sharoitlarni o’rganadi. Auditor axborotlarni to’plashni o’ziga tushunarli metodlar bilan amalga oshirishi