xulosa qilish faqat vakolatli organ tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini auditor hisobga olishi zarur. Auditor uchun aniqlangan xatolarning ahamiyatli yoki ahamiyatsiz ekanligini aniqlash ham muhim hisoblanadi. Har bir auditor o’z tajribasidan kelib chiqib, muayyan tekshiriladigan korxona uchun buxgalterlik hisobining qaysi bo’limlari eng xatarli ekanligini yaqqol tasavvur qilib, auditni rejalashtirishda o’z ishini shunday tarzda ehtiyotkorlik bilan qilishi kerakki, noto’g’ri auditorlik xulosasi tuzish va taqdim qilish xavf-xatari imkon qadar kamaysin. Agar rahbariyatga taqdim qilingan axborotlar natijalari bo’yicha buxgalterlik hisobotiga tegishli o’zgartishlar kiritilmagan bo’lsa, u holda auditor audit jarayonida aniqlangan buxgalterlik hisobotidagi buzib ko’rsatilgan faktlar to’g’risidagi ma’lumotlarni auditorlik xulosasiga kiritishi kerak. Auditorlar ham, tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ham, shuni unutmasliklari zarurki, buxgalterlik hisobotlarini ataylab yoki bilmasdan buzishlarning yuzaga kelishi uchun; shunday xatolarning oldini olish bo’yicha choralar ko’rilmaganligi uchun; ularni bartaraf qilmaganligi yoki kechikib to’g’rilaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari javobgardir. Auditorlik tashkiloti esa, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma ravishda taqdim qilinadigan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasida buxgalterlik hisobotining ishonchliligi to’g’risida ob’ektiv va asoslangan fikr bildirganligi uchun javobgar hisoblanadi. Auditor xo’jalik faoliyatini tekshirishda quyidagilarni tahlil qilishi lozim:
korxonaning o’z ustav faoliyati va xo’jalik dasturining bajarilishi;
ustav kapitalini tashkil etishning to’g’riligi va uning o’z faoliyati maqsadlariga