aniqlanadi. Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat:
tekshiriladigan korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish);
buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi;
tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya hisobotlari uchun hujjatlar shakllarining ro’yxati;
hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari;
ayrim ko’rsatkichlarni hisobga olish bo’yicha tasdiqlangan uslubiyot va tekshiriladigan korxona hisob siyosati to’g’risidagi buyruqqa boshqa ilovalar;
quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati. Korxonaning hisob siyosatiga taalluqli ma’lumotlar: hisob siyosatini shakllantirishda tanlab olinadigan, o’tgan yilgidan farq qiladigan buxgalteriya hisobini yuritish usullari; hisobot yilida yoki hisobot yilidan keyingi davrlarda buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilarning baholash va qaror qabul qilishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan hisob siyosatidagi o’zgarishlar; hisobot sanasidan keyin sodir bo’lgan hodisalar va xo’jalik faoliyatining shartli faktlari, muomalalarni to’xtatish, bitta aktsiyaga yoki 1 so’mlik paytga to’g’ri keladigan foyda. Ushbu ma’lumot manbalarini o’rganish va tahlil qilish natijasida mijoz-korxona ma’muriyatining hisob siyosatini shakllantirish hamda uni bajarishga yuzaki yondashmayotganligini aniqlash (baholash) zarur. Hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish) va uning bilan bog’liq bo’lgan, o’z vaqtida chiqarilgan va to’g’ri rasmiylashtirilgan farmoyish hujjatlarining mavjudligi - hisob siyosatidan korxonani boshqarish mexanizmi sifatida foydalanilayotganligi haqida etarli darajada guvohlik bera