muvofiq ishlatilishi;
korxonada mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ishonarli, tezkor hisobga olishning tashkil etilishi, tayyor mahsulotlar etkazib berish majburiyatlarining bajarilishini hisobga olgan holda korxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibga rioya qilinishi;
mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida etkazib bermaganlik natijasida ko’rilgan yo’qotishlar (jarimalar, peniyalar, neustoykalar va boshqalar);
chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir ko’zlangan tadbirlarning bajarilishi; mahsulot sifati ko’rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot etkazib berganlik uchun ko’rilgan zararlar;
mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, sutkalik grafiklar bajarilmasligi oqibatida ko’rilgan zararlar;
xom ashyolar, materiallar va ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona foydalanish;
korxona jamoasi maqsadlarning tizimi, har bir xodimga vazifalarning oqilona taqsimlanishi;
ham iqtisodiy, ham ijtimoiy maqsadlarga etishishda barcha xodimlar (ishchidan tortib bosh direktorgacha) iqtisodiy manfaatlarni ta’minlaydigan mehnatga haq to’lash tizimi;
mahsulot chiqarish va sotish haqidagi hisobot ma’lumotlarining buxgalterlik hisobi va dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga to’g’ri kelishi;
mahsulotlar hisobotiga hisobot davrida tayyorlanib tugallanmagan mahsulotlarning kiritilmaganligi va hisobotlarda boshqa qo’shib yozish hamda chalkashliklarga yo’l qo’yilmaganligi. 7.3. Korxona hisob siyosatini o’rganish