III. Hisob siyosatining soliqqa tortishga doir jihatlari. 1. Korxonada daromadni tan olish tartibi:
pul mablag’larining korxona hisob-kitob schyotiga yoki kassasiga kelish me’yoriga qarab (kassa usuli)
haqiqatan mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va xaridorlarga hisob-kitob hujjatlarini taqdim qilish me’yoriga qarab (hisoblash usuli) 2. Qo’shilgan qiymat solig’i (QQS)ga tortiladigan tovarlarni sotishda ishlatiladigan moddiy resurslar bo’yicha QQSni alohida hisobga olish tartibi. 3. QQSni hisoblash uchun xarajatlarni alohida (ajratib) hisobga olish tartibi IV. Hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish) bilan tanishish tartibi: Bunday tartibda test sinovi o’tkazish auditorga eng avvalo, hisob siyosatining qaysi jihatlari to’liq yoritilmagan-ligi va qamrab olinmaganligi to’g’risida xulosa qilishga yordam beradi. Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobining u yoki bu usullarini mustaqil ishlab chiqadigan bo’lsa, u holda auditor ularning buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoida va talablarga mos kelishini tek-shirishi lozim. Hisob siyosatida ko’rsatilgan buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari xo’jalik yurituvchi sub’ektning barcha tarkibiy bo’linmalarida qo’llaniladi. Shunday qilib, buxgalteriya hisobi va hisobotining ishonchliligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi hisob siyosati to’g’risidagi axborotlarga ham bir xilda taalluqli bo’lishi lozim. Buxgalteriya hisobotiga berilgan tushuntirishlarning korxonadagi haqiqatan