ko’rsatish) xarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom, yuqori tashkilotlarning yo’riqnoma, Nizom va ko’rsatmalari; Korxonaning hisob yuritish siyosati. Hukumat, moliya va statistik organlarining me’yoriy hujjatlari bilan bir qatorda, o’rganilayotgan sohadagi tekshirilayotgan korxonalarning xususiyatlarini ifodalaydigan ta’sis hujjatlariga alohida ahamiyat beriladi. Mazkur masala bo’yicha auditor quyidagilarni tekshirishi lozim: Buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga doir yo’riqnomalar va ko’rsatmalar schyotlar rejasini qo’llashning to’g’riligi: hisobning jurnal-order yoki jadval avtomatlashtirilgan shakllaridan qo’llaniladigan shaklni yuritish qoi-dalariga rioya qilinishi; dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga o’z vaqtida kelib tushishi va hujjatlar tashkil etilishi: hisob registrlarining o’z vaqtida va to’g’ri qo’llanilishi sintetik hisob ma’lumotlarining analitik hisob ma’lumotlariga mos kelishi: dastlabki hujjatlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish usullarining qo’llanili-shi (ish haqi, materiallar, ishlab chiqarish xarajatlari va sh. k.) ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning to’g’riligi; davr xarajatlarini hisobga olishning to’g’riligi; ishlab chiqarishga sarflangan materiallarni baholashning to’g’riligi; balansdagi barcha moddalarning inventarizatsiya qilinishini to’g’ri tashkil etilishi, shuningdek, inventarizatsiyani va uning natijalarini hisob va hisobotda o’z vaqtida hamda to’liq aks ettirilishi: bosh buxgalter tomonidan materiallar, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish, buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishning qonuniyligi ustidan nazorat o’rnatilishi; banklarga, soliq organlariga, aktsiyadorlarga va boshqalarga