Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish vaqtini va



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/624
tarix03.12.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#171882
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   624
Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi

b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish vaqtini va 
hajmini aniqlash
Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini ishlab 
chiqishni o’z ichiga oladi.
Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi: 

audit o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi

bajariladigan ishlar hajmi; 

auditor qo’llaydigan usullar va amallar.
Auditor o’z rejasini tekshiriladigan korxona rahbariyati va xodimlari bilan muhokama 
qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va auditorlik amallarini 
korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga imkon yaratadi.
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini aniq 
hisobga olish uchun eng avvalo: 

auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi; 

o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi; 

maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi

tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini hisobga olgan holda yangi qonunlar, 
nizomlar, yo’riqnomalar va boshqa aloqador me’yoriy hujjatlarning auditga ta’sirini 
o’rganishi; 

tekshiriladigan korxonaning hisob tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik darajasini 
aniqlashi; 

ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil qilishi

korxonaning alohida balansga ajralib chiqarilgan filiallari, vakolatxonalari, bo’limlari va 
maxsus bo’linmalarida audit o’tkazish maqsadga muvofiqligini o’rganishi; 

ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim.



Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin