ro’yxatini rivojlantirish uchun ham ishlatilishi mumkin. 3) Bahslashuvlar, da’volar yoki baholar ifodalangan va o’rganib chiqilgan huquqiy xatlarni qo’lga kiritish. Huquqiy xatlar keyingi bo’limlarda muhokama qilinadi. 4) Menejmentdan hamma bahslashuvlar, tasdiqlangan va tasdiqlanmagan da’volar va baholar FAS bilan mosligi oshkora qilinganligi haqida yozilgan taqdimotlarini qo’lga kiritish. Bu ma’lumotlar mijozlar tomonidan yetkazib berilgan taqdimot xatida beriladi.(shu bo’limda keyinroq muhokama qilingan) Huquqiy xatlar
Mijozlarning huquqshunoslariga yuborilgan audit so’rovnoma xati (huquqiy xat) bahslashuvlar,da’volar yoki baholar haqidagi ma’lumotlarni qo’lga kiritish yoki tasdiqlashni bildiradi. Auditorlar odatda butun muddat uchun huquqiy hisobotni tahlil qiladi va menejment bilan maslahatlashgan har bir huquqshunosga huquqiy xatni yuboradi. Auditorlar qonun bo’yicha xavfsizlikni yoki aniq qonundagi maxsus huquqshunoslar va faoliyatning umumiy advokatiga xatlarni yuborishda ziyrak bo’lishi zarur, chunki umumiy advokat bahslashuvlarning muhim asoslarini: asosiy tortishuvlar, patent qonunini buzish va qonun xavfsizligidan xabardor bo’lishi kerak. Qo’shimcha qiladigan bo’lsak, agar shunday vaziyat mavjud bo’lgan holda huquqiy xatni faoliyat
advokatidan olinishi lozim. 1 jadvalda auditor duch kelishi mumkin bo’lgan bahslashuvlar turlariga misollar keltirilgan. 20-bo’lim auditor javobgarligi va bahslashuvlariga aloqador masalalarni batafsil o’z ichiga oladi. Bahslashuv turlariga misollar