Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish mijoz-korxona faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti asosiy vositalar bo’limining ishonchliligi to’g’risida fikr shakllantirish va korxonada asosiy vositalar bilan bog’liq muomalalarni hisobga olish hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. Asosiy vositalar auditi auditorlik tekshiruvining muhim ob’ektlaridan biri bo’lib, undagi o’rganiladigan masalalar keng qamrovli va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat o’rnatishni ta’minlash (ob’ektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning to’g’riligi; asosiy vositalarning to’g’ri turkumlanishi; asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy javobgarlikni tashkil etish; analitik va sintetik hisob hamda hisobot ma’lumotlarining mosligi);
asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob registrlarida aks ettirish; asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortish;
asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks ettirish (asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddatini aniqlashning to’g’riligi); amortizatsiya hisoblash usullarini qo’llashning qonuniyligi va to’g’riligi; jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo’llashning qonuniyligi; amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to’g’riligi; amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to’g’riligi);