asosiy vositalarni tiklashni - ta’mirlash, zamonaviylash-tirish va qayta jihozlashni hisobda aks ettirish (muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirish; ta’mirlash usullari; ta’mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to’g’riligi; asosiy vosi-talarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir muoma-lalarni hisobga olish;
asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik hisobining holatini baholash; belgilangan qoidalarga muvofiq korxonaning o’ziga qarashli (0110-0199 schyotlar), joriy tartibda ijaraga olingan (001-schyot) va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy vositalarni (0310-schyot) saqlash joylarida moddiy javobgar shaxslar bo’yicha hisobga olishning tashkil etilishini baholash;
korxonaning o’ziga qarashli va moliyalanadigan lizing asosida olingan asosiy vositalar bo’yicha oylik eskirish hisob-lanishining to’g’riligini tekshirish (0211-0299-schyotlar). Chunki, bu ma’lumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) shakllanishi bilan bog’liq bo’lib, oqibatda korxonaning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki zarari)ga va byudjetga to’lanadigan foyda (daromad) solig’ining miqdoriga ta’sir etadi;
asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda ularni yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog’liq muomalalar bo’yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish;
asosiy vositalarni xo’jalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning kor-xonada amal qilinayotgan tartibini, korxonada bir yilga qabul qilingan hisob yuritish siyosati