registrlari; * buxgalteriya hisobotlari; * asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi (naqladnoyi) (AV-1 shakl); * ta’mirlangan, qayta jihozlangan va zamonaviylashtirilgan ob’ektlarni qabul qilish- topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl); * asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl); * avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolat-nomasi (AV-4 shakl); * asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl); * asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro’yxati (AV-7 shakl); * asosiy vositalar harakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl); * asosiy vositalarning inventar ro’yxati (ishlatish joylari bo’yicha) (AV-9 shakl). Auditor ushbu me’yoriy hujjatlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlarda asosiy vositalar harakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar imzolarining mavjudligi va haqqoniyligiga e’tibor qaratib, barcha rekvizitlarning to’g’ri to’lg’azilganligini aniqlaydi. Auditor korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruqda bayon qilingan - asosiy vositalarni hisobga olish uslubiyoti bilan tanishib chiqishi lozim. Bunda xususan quyidagilarni aniqlash zarur: * ob’ektlarni asosiy vositalar va aylanma mablag’lar qatoriga olib borish uchun ular qiymatining belgilangan chegaralari; * qiymatidan qat’iy nazar asosiy vositalar qatoriga olib boriladigan ob’ektlar ro’yxati; *