qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish zarur. Bunda asosan quyidagilarga e’tibor berish lozim: * korxonada asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo’llash qabul qilinganligi; * korxonada asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday tartibi qabul qilinganligi, asosiy vo-sitalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag’ ajratish mexanizmidan foydalanib, ya’ni ta’mirlash fondi (8910-schyot bo’yicha «Ta’mirlash fondi» subschyotini qo’llash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik. Korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosati auditor xulosasida aks ettirilishi lozim. 11.2. Asosiy vositalar auditida foydalaniladigan ma’lumot manbalari
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazishda foydalaniladigan manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bog’liq. Bular hisobni qo’lda yuritish sharoitida: jurnal-orderlar, vedomostlar, kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari, mashinagrammlaridir. Lekin hisobning har qanday shakli sharoitida ham asosiy vositalarning harakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, xo’jalik ichidagi siljishi, ta’mirlanishi) me’yoriy hujjatlar va dastlabki hujjatlashtirishning unifikatsiyalangan idoralararo shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: * asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga soladigan asosiy me’yoriy hujjatlar; * korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrugi; * asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo’llaniladigan analitik va sintetik hisob