tasdiq-langanmi? √ 38. Korxonada ijaraga olingan (operativ moliyalanadigan lizing) asosiy vosi-talar mavjudmi? √ 39. Amortizatsiya hisoblash usuli tanlan-ganmi? √ Chiziqli usul qo’lla- niladi 40. Ta’mirlash xarajatlarini hisobga olish varianti tanlanganmi? √ Haqiqiy xarajatlar bo’yicha Ushbu keltirilgan testdan shunday xulosa qilish mumkinki, tekshiruv o’tkaziladigan korxonada hisobot davrida inventari-zatsiya o’tkazilmagan, hisob siyosatida ayrim ob’ektlarni inven-tarizatsiya qilish tartibi va muddatlari belgilanmagan. Natijada, tekshiruv chog’ida asosiy vositalar ob’ektlarini tanlab inven-tarizatsiya qilish zarur. Mazkur korxona bo’linmalarida asosiy vositalar hisobiga doir muomalalar ustidan ichki nazoratning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi oqibatida sezilarli xatolarga yo’l qo’yish xavfi katta. Bosh daftarda aks ettirilgan 0110-0199, 0211-0299, 0310, 0710, 0720, 0810, 0820, 0840, 0850, 0860, 0890, 0920, 4810, 4820, 4830, 6910, 6920, 7910 sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ra-vishda analitik hisob registrlari va buxgalteriya balansi ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash zarur. Ular barcha pozitsiyalar bo’yicha: oy boshiga qoldiq, oylik oborotlari, oy oxiriga qoldiq-lar bir-biriga to’g’ri kelishi lozim. Agar tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va korxonaga asosiy vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo’yilmalarni, tuzilgan lizing shartnomalari bo’yicha majburiyatlarni inventa- rizatsiya qilish tavsiya etiladi. So’ngra korxonaning asosiy vosita-larni hisobga olish bo’yicha