asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya hisoblash usullari; * asosiy vositalarni ta’mirlash uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish tartibi; * hisobot yilining 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni qayta baholash ko’zda tutilganligi; * asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish muddatlari; * asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olish uchun ishchi schyotlar rejasi da belgilangan schyotlar ro’yxati.
Asosiy vositalar mavjudligi va harakatiga doir muomalalarni hisobga olishda qo’llaniladigan va tekshiruvda auditor tomonidan jalb qilinadigan, sintetik va analitik hisob registrlari buxgalteriya hisobining korxonada qo’llanilayotgan shakliga bog’liq. Ularga 0110- 0199, 0211-0299, 0310 schyotlar bo’yicha sintetik hisob registrlari, sintetik va analitik hisob bo’yicha oborot vedomostlari, saldo vedomostlari kiradi. Asosiy vositalar harakatiga doir muomalalar, odatda, dastlabki hujjatlarning unifikatsiyalangan (yagona shaklga keltirilgan) shakllari bilan, ayrim hollarda esa korxonada ishlab chiqilgan va hisob siyosati to’g’risidagi buyruq bilan tasdiqlangan dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Auditor tekshiruv chog’ida moliyaviy hisobotning quyidagi shakllaridan foydalanadi: * buxgalteriya balansi (1-shakl); * moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl); * pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl); * xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);