lozim. Bu belgilar ob’ekt foydalanishda bo’lgan jami davr ichida saqlanib, buxgalteriya hisobining barcha tegishli dastlabki hujjatlarida va hisob registrlarida ko’rsatiladi. Ob’ekt hisobdan chiqarilganidan so’ng uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi. Ayni vaqtda auditor asosiy vositalar ob’ektlari qiymatini baholash va qayta baholash natijalarini inventar kartochkalarida, ham buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishning to’g’riligini tekshirishi maqsadga muvofiqdir. Bunda u O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (№129), Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (№4) va Davlat Soliq qo’mitasi (№2002-86) tomonidan tasdiqlangan «1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish to’grisida Nizom»da belgilangan qayta baholash usullarining qo’llanilishini tekshiradi. Xususan, qayta hisoblash koeffitsentlarining qo’llanilishi va hisob- kitoblar to’g’riligiga alohida e’tibor berishi lozim. Shu bilan birga qayta baholash natijasida narxlar oshgan yoki kamaygan summalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi ham tekshiriladi. Qayta baholanib oshgan summa 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oladigan schetlar» (0110-0190) debeti va 8510- «Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyotining kreditiga yoziladi.
Qayta baholangan asosiy vositalar ob’ektlari bo’yicha tiklanish qiymati bo’yicha inventar kartochkaning «Rekonstruktsiyalash, modernizatsiyalash» bo’limida qayd etilgan bo’lishi lozim. Shu bilan birga qayta baholangan eskirish summasi ham inventar kartochkaning tegishli bo’limida aks ettirilgan bo’lishi kerak. Har bir moddiy javobgar shaxs asosiy vositalar ob’ektlarining analitik hisobini AV-9 shakldagi vedomostda yuritishi kerak. Shuning uchun