yanvariga ochilib, unda asosiy vositalarning mavjud qoldiqlari turlari bo’yicha ko’rsatilishi lozim. Undagi oylik oborotlar va oy oxiriga, ya’ni keyingi oyning 1-sanasiga chiqarilgan qoldiqlari tekshiriladi. So’ngra uning ma’lumotlariga asosan tuzilgan asosiy vostalarning oborot vedomostlari tekshirilib, yakunlari esa Bosh daftardagi yakunlar bilan solishtirilib chiqiladi. Shular asosida «Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi hisobot» (3-shakl) ma’lumotlari tekshiriladi. Xulosa qilib aytganda, inventar kartochkalarini korxona buxgalteriyasida tasnifiy guruhlar bo’yicha, ularning ichida esa ishlatilish joylari bo’yicha saqlash yillik moliyaviy hisobot tuzishda asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot (3-shakl) ni to’ldirishni osonlashtiradi. Auditor buxgalteriya xodimlarining e’tiborini ushbu holatga qaratmoãi lozim. Agar hisob jarayonlari avtomatlashtirilgan bo’lsa, kartochkalarni qo’lda to’lg’azishga ehtiyoj qolmaydi. Bunda axborotlar korxonada mavjud bo’lgan analitik hisob mashinagrammalarida saqlanadi, lekin ular AV-6 shakldagi kartochkalarda hisobga olinadigan pozitsiyalardan kam bo’lmasligi lozim. Asosiy vositalar kirimini hisobga olishning to’g’riligini tekshirishdan maqsad sotib olingan asosiy vositalar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini va foydalanishga topshirilgan ob’ektlarning real qiymatini ifodalashini tasdiqlashdan iborat. Tekshiruvning ushbu bosqichida quyidagi amallarni bajarish zarur: *
sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini (miqdori va qiymati ko’rsatilgan holda) olish, olingan ma’lumotlarni 0110-0190 schyotlarning debet oborotlari bilan taqqoslash; *
yangidan sotib olingan asosiy vositalar ob’ektlarining jismonan mavjudligi va