auditor tekshirilayotgan korxonada ushbu qoidaga rioya qilinayotganligiga ham ishonch hosil qilishi lozim. Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan shaklda va ikki nusxada to’la moddiy javobgarlik to’g’risida shartnomalar tuzilganligi, shartnomalarning bir nusxasi moddiy javobgar shaxslarning hujjatlar to’plami (shaxsiy delosi) da, ikkinchi nusxasi esa shu xodimlarning o’zlarida saqlanayotganligi tanlab tekshirilishi lozim. Bulardan tashqari, auditor barcha moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni o’z javobgarligiga olganligini tasdiqlab inventarizatsiya vedomostlarida imzo qo’yganliklari hamda asosiy vositalarning keyingi kirimlari esa ularning dastlabki hujjatlardagi imzolari bilan tasdiqlanganini tekshiradi. Amaliyotda eng ko’p uchraydigan kamchiliklardan biri - korxonalar bunday kartochkalarni yuritishni ortiqcha ish deb hisoblaydilar (korxona buxgalteriyasida inventar ro’yxatlarning borligini nazarda tutib), inventar kartochkalarni yuritadigan korxonalar esa hamma vaqt ham bu kartochkalarning rekvizitlarini to’liq to’lg’azishga rioya qilmaydilar. Bulardan tashqari, asosiy vositalar kirimga olingan, hisobdan chiqarilgan va korxona ichida joyi (moddiy javobgar shaxslar) o’zgartirilganda, ularning inventar kartochkalariga bu haqda tegishli yozuvlar yozilganidan keyin, oy oxirigacha joy-joyiga qo’yilmasdan alohida saqlanganligi aniqlanadi. So’ngra shu kartochkalar asosida har oyda asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) ni hisob-kitobi tuzilib, ularning har bir turi bo’yicha jamlangan kirim, chiqim oborotlari va shu asosda tuzilgan «Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi» (AV-8 shakl) ma’lumotlar ham tekshiriladi. Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi (AV-8 shakl) joriy yilning 1