lozim. Agar korxonada tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash mexanizmi qo’llanilsa, ushbu holat uning hisob yuritish siyosatida ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Auditning ushbu blokida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: * korxona hisob siyosatida ko’rsatilgan - asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; * amortizatsiya ajratmalarini asosiy vositalarning u yoki bu guruhiga olib borishning to’g’riligini tekshirish; * har oylik amortizatsiya ajratmalari summalari bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish; * amortizatsiya ajratmalarining hisobda o’z vaqtida va to’g’ri aks ettirilishini tekshirish 3 . Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishning to’g’riligini aniqlash № 5 BHMS, 21-BHMS va mijoz-korxona hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’ining tegishli qismiga muvofiq amalga oshiriladi. Buning uchun korxona hisob siyosati bo’yicha buyrug’ining qoidalari; asosiy vositalar amortizatsiya hisob-kitobi bo’yicha ishlanma jadvallar ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Auditor amortizatsiya hisoblashning maxsus shartlari qo’llaniladigan asosiy vositalar ob’ektlarining ro’yxatini olishi zarur. Bularga xususan quyidagilar kiradi: * xizmat qilish muddati o’tib ketgan asosiy vositalar; * amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalar; * konservatsiyadagi asosiy vositalar; * amortizatsiya hisoblash to’xtatilgan asosiy vositalar; * jadallashtirilgan amortizatsiya usuli qo’llanilayotgan asosiy vositalar;