tushunchasi bozor oborotida tijorat qadr - qimmatga ega bo’lgan, istalgan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish (tashkil etish va boshqaruv tizimini qo’shgan holda) axborotlarini o’z ichiga olishi mumkin. Shuningdek, «nou–xou» huquqlari ya’ni texnik-tajriba yoki ishlab chiqarish sirlari ham sanoat mulki ob’ektlariga taalluqlidir. Bunday huquqlar, odatda, yuridik kuchga ega bo’lgan qandaydir hujjatlar bilan tasdiqlanmaydi, lekin ular tijorat siri hisoblanadi va maxsus muhofaza qilishni talab etadi. Amalda axborotlarga monopol egalik qilish huquqning vujudga kelishiga asos bo’lib xizmat qiladi. «Nou - xou» ni muhofaza qilish shartlari quyidagilardan iborat. Birinchidan, axborotning uchinchi shaxsga ma’lum bo’lmasligi uning tijoriy qadr-qimmatiga zarur shart - sharoit (zamin) bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, u uchinchi shaxslarning bemalol kirishlari uchun yopiq bo’lishi kerak (qonun asosida). Uchinchidan, axborot egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish uchun zarur chora - tadbirlarni qo’llashi lozim. Ushbu maxfiylik shartlaridan birortasining buzilishi axbrot egasini uni himoya qilish huquqidan mahrum etadi. «Nou-xou» egasi huquqlarini himoya qilish O’zbekiston Respulikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa tegishli qonuniy hujjatlar bilan amalga oshiriladi. Savdo markalari - kompaniyalarga, mahsulot yoki xizmatlarga oid berilgan nomlar, ramzlar yoki boshqa xil (aniqlab beruvchi) identifikatsiyalar. Ular egalik qilishni asoslash uchun ro’yxatga olinishi, ro’yxatga olinganlari esa - ularning faoliyat muddatlarini ma’lum bir davrga uzaytirish asosida yangilanib borishi mumkin. Bunday hollarda nomlanishlar, ramzlar va mahsulotning boshqa aniqlovchi identifikatsiyalari yuridik jihatdan himoyalanadi.