dan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish (asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga mablag’ ajratish mexanizmidan foydalanib yoki foydalanmasdan);
agar auditor bilan tuzilgan shartnomada kelishilgan bo’lsa, korxonada asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig’i va quvvati bo’yicha korxonaning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga olingan holda tahlil qilish;
asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini tekshirish. Asosiy vositalar auditining ketma ketligi
2
:
A. Umumiy muolajalar. Testlar - nazorat quroli.
1. Ichki nazorat tizimi bo’yicha test o’tkazish (INT); 2. Buxgalteriya hisobi tizimi bo’yicha test o’tkazish (BHT); 3. Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili; 4. Soliq hisobi maqsadi uchun tuzilgan hisob siyosatining tahlili; 5. Ishchi schetlar rejasini tahlil qilish; 6. Buxgalteriya balansi va buxgalteriya hisob registrlaridagi ko’rsatkichlarning bir xilligini tekshirish; 7. Xujjatli tekshirishda tanlab olish miqdori va tuzilishi aniqlash; B. Mohiyati bo’yicha tekshirish muolajalar.
1. Inventarizatsiya; 2. Shartnomalarni ko’rib chiqish (tekshirish); 3. AV kirimi, chiqimi va hisobini hujjatlashtirilishini to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish; 4. AV aktivlarga kiritilish mezoniga mosligini tekshirish; 5. AV baholash va kirimini hisobda qayd etilishini qonunchiliqga va hisob siyosatiga