Auditorlik tashkilotining xu¢u¢lari, majburiyatlari va javobgarligi.
Auditorlik tashkiloti mustaqil
xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning 6-moddasiga
muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Auditorlik tashkiloti huquqlari
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik
yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish
Auditorlik tekshiruvi o’tkazilayotganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt amalga
oshirayotgan moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq hujjatlarni to’liq hajmda olish,
shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda
mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar
bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning moddiy javobgar shaxslaridan
og’zaki va yozma tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun
zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni olish
Uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan
axborotni xo’jalik yurituvchi sub’ektdan olish
Ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha axborot
xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda
auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bosh tortish
Auditorlik tekshiruvini o’tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa
mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish
Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi
mumkin. Auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilish uchun xo’jalik
yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot
hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqadi.
Shuningdek, auditorlik tashkilotining zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
3
3
-
-
M
M
A
A
V
V
Z
Z
U
U
.
.
AUDITORLIK TEKSHIRUVINING TURLARI VA SHAKLLARI
Auditorlik tashkiloti majburiyatlari
Auditorlik faoliyatini amalga
oshirayotganida ushbu qonun hamda
boshqa qonun hujjatlarining talablariga
rioya etishi
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning
so’roviga binoan auditorlik tekshiruvini
o’tkazish bo’yicha qonun hujjatlarining
talablari to’g’risidagi, auditorning
e’tirozlari asoslanilgan qonun
hujjatlarining normalari to’g’risidagi
axborotni taqdim etishi
Auditorlik hisobotida moliyaviy-xo’jalik
operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi
Dostları ilə paylaş: