mq q Y b Q K mb - Y o S mq - hisobot davrida sarflangan moddiy boyliklar qiymati; Y b , Y o - ishlab chiqarish zahiralari schyotlaridagi yil boshi va oxiriga bo’lgan moddiy boyliklar qoldig’ining qiymati (balans va bosh daftar ma’lumotlari asosida); K mb - hisobot davrida kirim qilingan moddiy boyliklar qiymati (1010-1090 schyotlarning debet oborotlari). Materiallar haqiqiy tannarxi rad etilib yoki ataylab oshirilganda, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari sun’iy ravishda ko’payadi va mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olinadigan foyda (daromad) kamayadi. Shuningdek, foyda (daromad) solig’i bo’yicha soliqqa tortiladigan baza ham kamayadi ya’ni sun’iy ravishda soliq yashiriladi. Agar korxonada hisobot davri davomida bahosi pasaytirilgan materiallar bo’lsa, yoki ular qisman o’z sifatini yo’qotgan yoki ma’naviy eskirgan bo’lsa, bunda ular yil oxirida haqiqiy tannarxi bo’yicha emas, balki sotish mumkin bo’lgan bahoda baholanishi va balansda aks ettirilishi lozim. Agar u dastlabki tayyorlash (sotib olish) qiymatidan past bo’lsa, bahodagi farqlar moliyaviy natijalarga olib boriladi. Moddiy boyliklarning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarda ishlatilishini tekshirish uchun auditor texnologik jarayonlarning xususiyatlari, hamda moddiy boyliklarni ombordan ishlab chiqarishga berish tartibi bilan batafsil tanishishi lozim. Chunki, ushbu tartib buzilganida ko’plab kamchiliklar va hatto suyiste’mol qilishlar yuzaga keladi. Moddiy boyliklarning ishlab chiqarishga berilishi, dastlabki va yig’ma chiqim hujjatlari