qat’iy hisobot blanklarini tekshiruvdan o’tkazadi. Bunda pul mablag’larini hisobga olishga doir respublikamizdagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga asoslanish zarur. 12.5. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi
Kassani tekshirishni boshlaganda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: * tekshirilayotgan korxonada bitta yoki bir nechta kassir (yoki shunga vakolatli shaxslar) ishlashini; * kassirning faqat tekshirilayotgan korxonada ishlashi yoki o’rindoshlik asosida boshqa korxonalarga ham xizmat ko’rsatishi; * kassirning kassa muomalalarini yuritish qoidalari bilan tanishganligi; Kassani tekshirganda auditor quyidagi tartibga rioya qilishi lozim:
kassani tekshirish, tekshirilayotgan korxona bosh buxgalteri va kassiri ishtirokida amalga oshiriladi, tekshirish paytida boshqa shaxslar qatnashishi mumkin emas; * kassani tekshirish paytida barcha kassa muomalalari to’xtatiladi. Kassani tekshirish imkoni bo’lmay qolganda yoki bir nechta kassa bo’lganda ularning barchasi auditor tomonidan muhrlanib, kalitlar kassirda, muhr esa auditorda saqlanadi; * kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlarni sanash auditor, kassir va bosh buxgalter tomonidan amalga oshiriladi. Pullar kassada taxtlangan (o’ramda) yoki tarqoq holda bo’lishdan qat’iy nazar, barchasi sanoqdan o’tkazilishi shart; * sanash tugaganidan so’ng auditor tekshiruvda aniqlangan pul mablag’larining summasi haqida alohida (oraliq) dalolatnoma tuzadi (1ilova). * turli shaxslarning tilxatlari, to’liq rasmiylashtirilmagan kassa chiqim orderlari,