shakllaridan foydalaniladi: KO-3 yoki KO-3 a shakl. «Kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro’yxatga olish jurnali», ordersiz rasmiylashtiriladigan pul kirimi hujjatlari, KO-4 shakl «Kassa daftari», KO-5 shakl «Kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pullarni hisobga olish daftari», 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari», 5020-«Xorijiy valyutadagi pul mablag’lari», 5520-«Chek daftarchalari», 5610-«Pul ekvivalentlari», 5710-«Yo’ldagi pul mablag’lari» va 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotlari yuritiladigan hisob registrlari (Jurnal- orderlar, vedomostlar, daftarlar, Bosh daftar, tegishli sanaga tuzilgan balanslar va boshqalar). Bunda kassa hujjatlarini rasmiylashtirishga ham e’tibor berish zarur, xususan har bir hujjatda oluvchilar imzosi borligi; kirim hujjatlariga «olindi» degan, chiqim hujjatlariga esa «to’landi» degan shtamplar bosilganligi hamda ularning sanasi ko’rsatilganligi, shuningdek, ularda o’chirilgan va tuzatilgan izlar yo’qligi aniqlanishi lozim. Amaliyotda kassaga doir suiste’mol qilishlar asosan ish haqi va hisobdor summalar bo’yicha ko’p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o’lik jonlar»ni kiritish, berilishi lozim bo’lgan jami summani oshirib ko’rsatish, kassa hisobotiga qayta qo’shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kassa hisobotlaridan chiqarib olib, sanasini o’zgartirish va tuzilayotgan kassa hisobotiga kiritib, undagi summani ikkinchi marta hisobdan chiqarish hollari ham uchraydi. Auditor bulardan tashqari kassa muomalalarini tekshirish jarayonida quyidagilarga ham alohida e’tibor berishi lozim: * tekshirilayotgan kassaning korxonada har chorakda to’satdan tekshirilishi; * kassirning kassa hisobotlarini o’z vaqtida topshirishi;